Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Karimova E’zozxon Gapirjonovna O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi.
E’zozxon Karimova 2025-yil 7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. U shu bilan birga Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti rektori vazifasini ham bajarib kelayotgandi.
Bugun E’zozxon Karimova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga ma’qullandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mazkur lavozimga tayinlandi.
U kim edi?
E’zozxon Karimova 1973-yilda Namangan viloyati, Namangan tumanida tug‘ilgan. Hamid Olimjon nomidagi umumta’lim maktabini tamomlagan, keyinchalik ToshDUning falsafa fakulteti talabasi bo‘lgan. 1996-yil universitetni tamomlab, aspiranturada ham tahsil olgan.
2003-yilda O‘zRFA qoshidagi I.Mo‘minov nomli falsafa institutida ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida ham tahsil olgan.
Dastlabki mehnat faoliyatini 1990-yilda Kosonsoy tumanidagi 28-o‘rta maktabda ish yurituvchi sifatida boshlagan. Keyingi yillarda u bir necha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarix va jamiyatshunoslik fanlaridan dars bergan. Jumladan:
- 1991–1992-yillarda – Kosonsoy tumanidagi Boborahim Mashrab nomli 30-maktabda;
- 1992–1994-yillarda – Kosonsoy tumanidagi 35-maktabda.
Shuningdek, 1994–1995-yillarda Kosonsoy tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli bolalar va o‘smirlar sport maktabida ish yurituvchi lavozimida faoliyat yuritgan.
Oliy ta’limdagi faoliyati
1995-yildan boshlab E’zozxon Karimova oliy ta’lim tizimida turli lavozimlarda ishlagan. U Toshkent davlat universiteti falsafa fakultetida katta laborant (1995–1996) sifatida ish boshlagan. So‘ngra:
- 1996–2001-yillarda – Nabi G‘aniyev nomli Toshkent kino texnikumida gumanitar fanlar o‘qituvchisi;
- 2001–2004-yillarda – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti falsafa kafedrasida assistent; 2004–2009-yillarda – shu universitetda ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi boshlig‘i hamda kafedra mudiri;
- 2009–2010-yillarda – Toshkent davlat madaniyat institutida kafedra mudiri;
- 2010–2011-yillarda – TATUda metodika markazi boshlig‘i va prorektor vazifasini vaqtincha bajaruvchi;
- 2011–2021-yillarda – TATUning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi lavozimlar
2021-yildan boshlab E’zozxon Karimova Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida o‘z ish faoliyatini boshladi. Jumladan:
- 2021-yilda – Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bo‘lim boshlig‘i;
- 2021–2023-yillarda – Prezident ta’lim muassasalari direktori maslahatchisi;
- 2023–2024-yillarda – “Yangi O‘zbekiston” universitetida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor;
- 2024-yilda – Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan.
U 3 oy avval prezidentning tegishli qarori bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlangandi.
Ma’lumot uchun: E’zozxon Karimova O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni hamda “O‘zbekiston konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri lavozimidan ozod qilindi
Endi pedagoglar bolalarga zo‘ravonlik qilsa, maktab direktori ularni ishdan bo‘shatishi mumkin bo‘ladi
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi qonunbuzilish murojaatlari soni bo‘yicha “yetakchi” sohalardan biri deb topildi
Qozog‘istonlik o‘qituvchi dunyoning eng yaxshi 50 nafar pedagoglar qatoriga kirdi
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri lavozimidan ozod qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri Kojabayeva Gulistan Talasbayevna boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.
Intervyu
Qalin qor qatlamini kechib, maktabga yo‘l olgan o‘qituvchi hikoyasi
Ijtimoiy tarmoqlarda qalin qor qatlamini kechib, maktabga yo‘l olgan o‘qituvchi haqidagi videoni ko‘pchilik ko‘rib ulgurdi. Ushbu video jamoatchilik tomonidan ilq fikrlar bilan qarshi olindi.
Tayinlov
A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga prorektor tayinlandi
Xakimova Dildoraxon Mashrabjonovna A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov
Hududiy “Kelajak” markazlariga direktorlar tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimovaning tegishli buyrug‘i bilan Respublika “Kelajak markazi” hududiy markaz rahbarlari tayinlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang