70 foiz ustama oladigan o‘qituvchilar ro‘yxati “ERP” dasturiga kiritildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hududiy boshqarma boshliqlariga ayrim pedagoglar uchun 70 foizlik ustama to‘lab berilishini nazoratga olishni bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Shuningdek, moliyaviy xato va kamchiliklarni oldini olish maqsadida 70 foizlik ustamaga erishgan pedagog xodimlar ro‘yxati “ERP” dasturiy majmuasida shakllantirilib, ularga tegishli ma’lumotnoma berildi hamda “UzASBO-2” dasturiy majmuasiga integratsiya qilinib, ma’lumotnomaga ega xodimlarga qo‘shimcha ustama to‘lash imkoniyati yaratildi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF–79-son Farmoni 3-bandi 10-xatboshida xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilab berilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 48-bandida pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va malaka toifalari berish tizimi xalqaro e’tirof etilgan vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan o‘tkazilgandan so‘ng attestatsiyada ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qo‘shimcha 70 foiz ustama belgilanishi hamda ustamaning amal qilish muddati ikki yil bo‘lib, muddat yakunlangandan so‘ng ustama uchun sinovlarda qayta ishtirok etish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Shunga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyun oylarida o‘tkazilgan pedagog kadrlar attestatsiyasi natijalariga ko‘ra 4 199 nafar pedagoglar 86 va undan yuqori ball to‘plab, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) bo‘lib, ularning bazaviy tarif stavkalariga qo‘shimcha 70 foiz ustama belgilanadi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Qozog‘istonlik o‘qituvchi dunyoning eng yaxshi 50 nafar pedagoglar qatoriga kirdi
Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
Endilikda vazirining giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha alohida o‘rinbosari bo‘ladi
A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga prorektor tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ikki yil avval malaka oshirgan o‘qituvchiga yangi o‘quv yiliga ustama uchun ball beriladimi?
2024-yilda malaka oshirgan pedagog xodim keyingi besh yil ichida ish beruvchi tomonidan majburiy tarzda malaka oshirishga yuborilishi lozim. Ana shu muddatga qadar esa uning 2024-yilda malaka oshirgani haqidagi sertifikati o‘z kuchida bo‘ladi.
So'ragan edingiz
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga 70% ustama to‘liq to‘lanmaydimi?
70 foizlik ustama ularning tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan qo‘shimcha ravishda to‘lab berilishi kerak bo‘ladi.
Yangiliklar
Endi maktabdagi rahbar xodimlar oylik maoshini yana oshirishi mumkin
Maktab direktori va uning o‘rinbosarlari faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarining (KPI) baholash metodikasi va tartibi belgilandi.
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Kuzgi attestatsiya test sinovlarida ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarga 70 foizlik ustama qachondan boshlab to‘lanishi haqida xalqtaliminfo.uz’ga o‘qituvchilar tomonidan savol yo‘llamoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang