Top.Mail.Ru
Yuqori sinf o‘qituvchisi boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya”dan dars bersa bo‘ladimi?

Yuqori sinf o‘qituvchisi boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya”dan dars bersa bo‘ladimi?

06:15 / 05.09.2025 13.97k

Savol

“Tarbiya” fanidan oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchiman. Hozirgi kunda boshlang‘ich sinflarga ham dars berishim mumkinmi?


Javob

“Tarbiya” fani mutaxassisligiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar yoki “Tarbiya” fanidan qayta tayyorlovdan o‘tgan o‘qituvchilar yuqori hamda boshlang‘ich sinflarda dars berish huquqiga ega.


Bunda boshlang‘ich sinflardagi dars soatlari “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari asosida o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimlanishi lozim.


Agar “Tarbiya” fanidan dars o‘tish huquqiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning mazkur fandan malaka toifasi mavjud bo‘lsa, ularga “Tarbiya” fani bo‘yicha malaka toifasi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari ham amalga oshiriladi.


Ma’lumot uchun: “Tarix” va “Milliy istiqlol g‘oyasi va huquq” o‘qituvchilari boshlang‘ich sinflarda dars bersa, toifasi uchun qo‘shimcha haq to‘lanmaydi.


Ma’lumki, Bosh vazirning 2024-yil 16-apreldagi 30/1-1782-sonli ko‘rsatma xatiga muvofiq “Tarix”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va huquq” mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarga faqat 5-11-sinflarda “Tarbiya” fani bo‘yicha dars o‘tishlariga ruxsat berilgan.


Shu sababli, “Tarix”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va huquq” mutaxassisligiga ega o‘qituvchilar boshlang‘ich sinflarda (1-4-sinf) “Tarbiya” fanidan dars bergan taqdirda, ularning malaka toifasi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmaydi.


Ayrim hududlarda esa boshlang‘ich sinflardagi “Tarbiya” fani ushbu fan o‘qituvchilariga ham berish holati kuzatilgan. Shu sababli, “Tarix” va “Milliy istiqlol g‘oyasi va huquq” o‘qituvchilariga boshlang‘ich sinflarda dars bergani uchun qo‘shimcha to‘lovlar amalga oshirilmasligi mumkin.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Dars taqsimoti

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

So'ragan edingiz

Maktabdagi dars soatlari qonuniy va adolatli taqsimlanganmi?

Biz, 1-toifali ikki nafar yosh o‘qituvchi, ko‘proq dars soati olishni so‘rashimiz mumkinmi? Shuningdek, ikkovimizda ona tili fanidan milliy sertifikat ham mavjud. Direktorimiz esa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ona tili fanidan olgan milliy sertifikati dars soatlarini taqsimlashda hech qanday ta’sir qilmasligini va uni inobatga olmasligini aytmoqda.

13:25 / 06.10.2026
So'ragan edingiz

O‘qituvchi bir nechta ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, ko‘proq dars oladimi?

Dars taqsimotida milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat birinchi va ikkinchi malaka toifasiga nisbatan yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi belgilangan ko‘rsatkichlarning bir nechtasiga ega bo‘lganda, ko‘rsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanadi.

23:43 / 28.09.2026
So'ragan edingiz

Pensiyaoldi yoshidagi, o‘rta-maxsus ma’lumotli pedagogni ishdan bo‘shatish to‘g‘rimi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirning 2025-yil 23-oktabrdagi 398-sonli buyrug‘i bilan sinf rahbarlariga qo‘yilgan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lish talabi butunlay bekor qilingan.

09:23 / 24.09.2026
So'ragan edingiz

“Psixologiya va pedagogika” yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar “Tarbiya” fanidan dars berishi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qaroriga ko‘ra, “Psixologiya va pedagogika” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi berilgan.

12:31 / 11.09.2026