O‘zbekiston 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tadi

Kecha, 8-sentyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimot bilan Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’lim islohoti bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova tanishtirdi. Unda “bog‘cha — maktab — oliygoh” tizimini qamrab olishga mo‘ljallangan bir qancha yangi g‘oyalar ilgari surildi.
Jumladan, taqdimotda 12 yillik ta’limga o‘tish bo‘yicha topshiriq berildi.
Bunda aynan maktablar 12 yillik ta’limga o‘tmaydi, balki bog‘chalardagi maktabga tayyorlov guruhlari tizimi ham maktab ta’limiga qo‘shib yuborish hisobiga 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tiladi.
“Maktabga tayyorlov guruhlari hozirgi kunda mana 100 foizga yaqin qamrov amalga oshirilyapti. Demak, mana shu tizimni ham maktab ta’limiga qo‘shib turib 12 yillik ta’limga o‘tish bo‘yicha topshiriq berildi.Bu yerda bizga asosiy foydasi nima bo‘ladi?Birinchisi ta’lim sifati bo‘ladigan bo‘lsa, ikkinchisi, bu xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirayotganda bizning o‘quvchilar tomonidan bir yil foundation kursi, ya’ni o‘sha boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha o‘qishga majbur bo‘lishyapti va bu bizning farzandlarimiz bir yil yo‘qotishiga olib kelyapti.Agarda biz 12 yillik ta’limni qonunchilikka kiritadigan bo‘lsak, bunda bizda bir qator davlatlarda, ya’ni foundation o‘qishga majbur bo‘lishmaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘sha bakalavr darajasiga kirganda o‘qish imkoniyati yaratiladi, - dedi Sardor Radjabov.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

O‘qituvchilarga beriladigan mukofot puli miqdori 75 foizga oshirilgan

Ta’limga oid yangi o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda

O‘qituvchilar attestatsiya sud ishida vazirlikka yutqazdi

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchisi xalqaro Arktika ekspeditsiyasida ishtirok etdi
Mavzuga doir yangiliklar

Ta’limga oid yangi o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda
8-sentyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’lim islohoti bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova Prezident Shavkat Mirziyoyevga ta’lim tizimini isloh qilish masalalari yuzasidan taqdimot qildi.

O‘zbekiston ta’limi: ilk mustaqillik yillarini eslab…
Zamonaviy shakldagi maktablar O‘zbekistonda 1921-1922-yillarda tashkil etila boshladi. Unga qadar o‘zbek xalqi ta’lim tizimida bolalarga turli xil usullarda ta’lim berishga mo‘ljallangan “maktabxona”, “daloilxona”, “qorixona”, “madrasa”, “rus-tuzem maktabi”, “gimnaziya”, “jadid maktablari” kabi ta’lim maskanlari faoliyat yuritgan.

Ta’lim inspeksiyasi tashkiloti yana qaytmoqdami?
Vazifalari sobiq Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga o‘xshash bo‘lgan Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘lajak pedagog kadrlarni ham o‘zi tayyorlamoqchi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vazirligi oliy ta’limni ham qamrab olmoqda. Respublikadagi jami 13 ta pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga o‘tkazilmoqda.
Izohingizni tahrirlang