O‘zbekiston 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tadi
Xabaringiz bor, kecha, 8-sentyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimot bilan Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’lim islohoti bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova tanishtirdi. Unda “bog‘cha — maktab — oliygoh” tizimini qamrab olishga mo‘ljallangan bir qancha yangi g‘oyalar ilgari surildi.
Jumladan, taqdimotda 12 yillik ta’limga o‘tish bo‘yicha topshiriq berildi.
Bunda aynan maktablar 12 yillik ta’limga o‘tmaydi, balki bog‘chalardagi maktabga tayyorlov guruhlari tizimi ham maktab ta’limiga qo‘shib yuborish hisobiga 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tiladi.
Bu tizimga o‘tishning afzallik jihatlari haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida batafsil aytib berdi.
“Maktabga tayyorlov guruhlari hozirgi kunda mana 100 foizga yaqin qamrov amalga oshirilyapti. Demak, mana shu tizimni ham maktab ta’limiga qo‘shib turib 12 yillik ta’limga o‘tish bo‘yicha topshiriq berildi.
Bu yerda bizga asosiy foydasi nima bo‘ladi?
Birinchisi ta’lim sifati bo‘ladigan bo‘lsa, ikkinchisi, bu xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirayotganda bizning o‘quvchilar tomonidan bir yil foundation kursi, ya’ni o‘sha boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha o‘qishga majbur bo‘lishyapti va bu bizning farzandlarimiz bir yil yo‘qotishiga olib kelyapti.
Agarda biz 12 yillik ta’limni qonunchilikka kiritadigan bo‘lsak, bunda bizda bir qator davlatlarda, ya’ni foundation o‘qishga majbur bo‘lishmaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘sha bakalavr darajasiga kirganda o‘qish imkoniyati yaratiladi, - dedi Sardor Radjabov.
Комментарии 6
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
Министерство объяснило, почему изменились сроки сертификата квалификационной категории.
Attestatsiya borasidagi uzoq tortishuvlardan so‘ng, vazirlik o‘qituvchilarga ball qo‘shib beradigan bo‘ldi
Сообщается, что министерство самовольно сократило срок действия сертификата квалификационной категории учителей.
Тематические новости
Новости
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
E’zoza Karimova Namangan viloyati, Davlatobod tumanidagi 48-maktabda tashkil qilingan “Kelajak soati” doirasida “Muqaddas ayol” mavzusida dars o‘tdi.
Новости
Yangi “ta’lim kuratori” Ilxom Siradjev ilk bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganiga 10 kun bo‘lgan Ilxom Siradjev ilk bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi.
Политика образования
2026-yil uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qanday vazifalar belgilab berildi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Политика образования
O‘zbekiston 12 yillik ta’limga qachon va qanday o‘tmoqchi?
O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish masalasi ayni vaqtda jamoatchilikning e’tibor markazida turibdi. Dastlab bu mavzu turli mish-mishlar va asossiz xabarlar fonida tilga olingan bo‘lsa, bugungi kunga kelib u ta’lim siyosatining aniq yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rsatilyapti.
Русский
Редактировать комментарий