Vazirlikning salohiyatli kadrlaridan biri Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sardor Raximboyev Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning farmoyishi bilan amalga oshirildi.
Sardor Raximboyev 2009-2015-yillarda Davlat statistika qo‘mitasi, Toshkent viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida turli lavozimlarda, 2015-2019-yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bosh mutaxassisi, 2019-2020-yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta o‘qituvchisi, 2020-2022-yillarda ‘‘Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi’’ davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi, 2022-2023-yillarda Xalq ta’limi vazirligida boshqarma boshlig‘i vazifalarida ishlagan.
E’tiborlisi, Sardor Raximboyev ommaviy axborot vositalariga ham ochiq bo‘lib, shu kunga qadar xalqtaliminfo.uz'ning pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan barcha savollariga batafsil javob berib keldi, attestatsiya jarayoniga oid bir qancha muammoli masalalarning yechimini topishda faollik ko‘rsatdi.
Sardor Raximboyev MMTV Axborot xizmati bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘rsatuvlarda ham ishtirok etib, jamoatchilikning e’tirozlarga sabab bo‘lgan attestatsiya jarayoniga oid masalalarga aniqlik kiritgan.
Xalqtaliminfo.uz jamoasi Sardor Raximboyevning ta’lim sohasidagi xizmatlarini alohida e’tirof etgan holda yangi lavozimi bilan samimiy tabriklaydi va uning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar uchun ChatGPT’da maxsus servis qo‘shildi
Attestatsiya uchun o‘qituvchilardan 25 ming dollar olgan pedagoglar qo‘lga tushdi
Maslahatchi lavozimi kichik maktablarda 0.5 stavka miqdorda tashkil qilinadi
Attestatsiyadan norozi o‘qituvchilar sud uchun yig‘ilgan pullarni xayriya qilib yubordi
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi
Shotursunova Nodira Nasirovna — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov
Deyarli ikki yillik tanaffusdan so‘ng TRMga yangi direktor tayinlandi
Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Risyukova Yuliya Vasilyevna direktor lavozimga rasman tayinlandi.
Tayinlov
Yangi tashkil etilgan Respublika “Kelajak markazi”ga direktor tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xoldarova Indira Abdukarimovna — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak markazi” direktori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov
Vazirlikning Moliya departamenti direktori Prezident Administratsiyasi mas’ul lavozimiga tayinlandi
Siradjev Ilxom Toxirovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang