Vazirlikning salohiyatli kadrlaridan biri Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sardor Raximboyev Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan amalga oshirildi.
Sardor Raximboyev 2009-2015-yillarda Davlat statistika qo‘mitasi, Toshkent viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida turli lavozimlarda, 2015-2019-yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bosh mutaxassisi, 2019-2020-yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta o‘qituvchisi, 2020-2022-yillarda ‘‘Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi’’ davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi, 2022-2023-yillarda Xalq ta’limi vazirligida boshqarma boshlig‘i vazifalarida ishlagan.
E’tiborlisi, Sardor Raximboyev shu kunga qadar xalqtaliminfo.uz'ning pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan barcha savollariga batafsil javob berib kelgan, attestatsiya jarayoniga oid bir qancha muammoli masalalarni yechimini berishda faollik ko‘rsatgan.
Sardor Raximboyev MMTV Axborot xizmati bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘rsatuvlarda ham ishtirok etib, jamoatchilik orasida e’tirozlarga sabab bo‘lgan attestatsiya jarayoniga oid masalalarga aniqlik kiritgan.
Xalqtaliminfo.uz jamoasi Sardor Raximboyevning ta’lim sohasidagi xizmatlarini alohida e’tirof etgan holda yangi lavozimi bilan samimiy tabriklaydi va uning kelgusidagi faoliyatiga yuksak natijalar hamda muvaffaqiyatlar tilaydi.
Комментарии 3
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
Министерство объяснило, почему изменились сроки сертификата квалификационной категории.
Attestatsiya borasidagi uzoq tortishuvlardan so‘ng, vazirlik o‘qituvchilarga ball qo‘shib beradigan bo‘ldi
Сообщается, что министерство самовольно сократило срок действия сертификата квалификационной категории учителей.
Тематические новости
Назночение
Surxondaryo “oblono” boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi, uning o‘rniga esa yangi rahbar tayinlandi
Mamadiyev Xusniddin Norboyevich Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, Tashpulatov Bekzod Xamitovich esa viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Назночение
Ta’limni rivojlantirish markazi direktori Prezident Administratsiyasiga ishga o‘tdi, TRMga esa boshqa rahbar tayinlandi
Yuliya Vasilyevna Risyukova Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimiga, Shaxzodbek Karimovich Kurbaniyazov esa Markaz direktori lavozimiga tayinlandi.
Назночение
Hilola Umarovaning o‘rnini Ilxom Siradjev egalladi
5 oy avvalroq u Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimiga ishga o‘tgandi.
Назночение
Qoraqalpog‘iston Ta’limi vaziri lavozimidan ozod qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri Kojabayeva Gulistan Talasbayevna boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.
Русский
Редактировать комментарий