O‘qituvchilarni xorijga malaka oshirishga yuborish jarayoni boshlandi
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 15-may kuni maktab ta’limida amalga oshirilgan islohotlar va kelgusidagi asosiy vazifalar to‘g‘risida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan maktab o‘qituvchilarini xorijga malaka oshirishga yuborish vazifasi belgilangan.
Topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tuman (shahar)lardan 5 nafardan maktab o‘qituvchilarini xorijga malaka oshirishga yuborishni tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, mas’ullarga ko‘rsatma berilgani haqida xabar bergandik.
Xalqtaliminfo.uz manbasining xabar berishicha, hududlarda pedagog xodimlarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborish bo‘yicha ishlar boshlangan.
Ayni vaqtda Farg‘ona viloyati hokimligi viloyatdagi pedagoglarni Yaponiyaga malaka oshirishga yuborish bo‘yicha tashkiliy ishlarni boshlab yuborgan. Bu haqda viloyat hokimi Xayrulla Bozarovning Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga tegishli so‘rov xati yuborilgan.
Shuningdek, Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimovning tegishli tuman (shahar)lardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 22 nafar (umumiy hisobda 30 nafardan ortiq) o‘qituvchi mentorlaridan iborat guruhini joriy yilning 16-24-oktyabr kunlari Yaponiya davlatiga malaka oshirish safariga yuborish to‘g‘risidagi buyrug‘i ham imzolangan.
Farg‘onalik pedagoglar delegatsiyasi 6 kunlik dastur asosida Yaponiyada malaka oshirib, unda quyidagi yo‘nalishlar qamrab olingan:
- O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasida “Yapon maktab ta’limi” va “Yaponiyada axloqiy tarbiya” to‘g‘risida ma’ruza tinglash;
- Tokio prefekturasi Suginami tumani “Koendzi gakuen” boshlang‘ich maktabi faoliyati bilan tanishish:
- Yaponiyaning Gakugei universitetida “Yaponiyada pedagog kadrlarni tayyorlash tizimi” mavzusida ma’ruza tinglash;
- Tokio prefekturasi Suginami tumani “Koendzi gakuen” boshlang‘ich maktabi faoliyati bilan tanishish:
- Yaponiyaning Gakugei universitetida “Yaponiyada pedagog kadrlarni tayyorlash tizimi” mavzusida ma’ruza tinglash;
- Tokio prefekturasi Suginami tumani “Koendzi gakuen” o‘rta maktab faoliyati bilan tanishish;
- Yaponiyaning Soka universitetida “Yapon ta’lim tizimi” mavzusida ma’ruza tinglash;
- Tokio prefekturasi Suginami tumani “Naritanmin” bog‘chasi faoliyati bilan tanishish.
Yaqin kunlarda Yaponiyaga malaka oshirish uchun yo‘l oladigan farg‘onalik pedagoglar xorijiy ta’lim tajribasini o‘rganish imkoniga ega bo‘ladilar. Ushbu tashabbus o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or yondashuvlarni o‘z faoliyatlariga tatbiq etish uchun muhim bosqich bo‘lishiga ishonamiz.
Shu o‘rinda, davlat rahbarining maktab o‘qituvchilarini xorijga malaka oshirishga yuborish bo‘yicha bergan topshirig‘i ijrosini boshqa viloyatlar ham tez fursatda ta’minlashi kutilmoqda.
Izohlar 14
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
10-sinf o‘quvchilariga o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishga ruxsat beriladi
Endi o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar sudlanmagan hisoblanadi
O‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi
O‘qituvchilar mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ish haqiga nisbatan kamroq maosh olmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Sirtqi ta’limda o‘qiyotgan o‘qituvchi malaka oshirishi majburiymi?
Pedagog xodim belgilangan muddatda malaka oshirish kurslaridan o‘tmagan taqdirda, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amal qilish muddatidan qat’i nazar, ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinadi.
Malaka oshirish
Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari har uch yilda oliygohlarda malaka oshiradi
Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash oliy ta’lim muassasalarining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlovchi harbiy ta’lim fakultetlarida tashkil etiladi.
Yangiliklar
Menejerlik kursida o‘qigan 379 nafar direktor sertifikat ololmadi
Matbuot anjumanida malaka oshirish tizimi, menejerlik o‘quv kurslari, shuningdek, PISA xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.
Yangiliklar
Sentyabrdan boshlab har bir tuman (shahar)dan 5 nafar o‘qituvchi xorijga malaka oshirishga yuboriladi
2025-yil sentabr–dekabr oylarida maktab o‘qituvchilari xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang