10-sinf o‘quvchilariga o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishga ruxsat beriladi
2025-yil 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘‘Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi’’ qarori imzolandi.
Qaror bilan maktabning 10-sinf o‘quvchilariga o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishga ruxsat berildi. Shuningdek, kasbiy ta’lim tizimini 2030-yilga qadar isloh qilishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari ham belgilandi.
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
- “Atrofimizdagi kasblar” dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5 yoshdan boshlab bolalarda o‘yinlar orqali turli kasblar haqida ilk tasavvurlar shakllantiriladi;
- “Kasblar alifbosi” dasturi asosida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 1 — 4-sinf o‘quvchilariga turli kasblar ahamiyati haqida tushunchalar beriladi va ularning dastlabki kasbiy qiziqishlari rivojlantiriladi;
- “Kasblar olami” dasturi asosida 5-6-sinf o‘quvchilarining kasbiy faoliyat va mehnat sohalariga qiziqishlari rivojlantiriladi va kelajakdagi kasbiy tanlovga tayyorgarlikning asosi yaratiladi;
- “Mening kelajakdagi kasbim” dasturi asosida maktab maslahatchilari tomonidan 7 — 9-sinf o‘quvchilarining kasbiy qiziqishlari, qobiliyatlari va iqtidorlari aniqlanib, ularni akademik ta’lim yoki kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari tashkil etiladi;
- o‘quvchilarga videoroliklar namoyishi, korxonalarga ekskursiyaga olib borish va kasb egalari bilan uchrashuvlar tashkil etish orqali kasblar haqida to‘liqroq ma’lumotlar beriladi;
- maktab psixologlari bilan birgalikda 7-sinfdan boshlab o‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari, shaxsiy xususiyatlari va temperamenti asosida kasbga qiziqishi aniqlanadi;
- o‘quvchilarning kasbga qiziqishiga oid ma’lumotlar asosida har bir o‘quvchi uchun shaxsiy kasbga yo‘naltirish tavsiyasi ishlab chiqiladi hamda bu masala o‘quvchilarning ota-onasi bilan muhokama qilinadi;
- 2028-yildan boshlab texnikumga yo‘naltirish 9-sinf yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan imtihon natijasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar sudlanmagan hisoblanadi
O‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi
O‘qituvchilar mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ish haqiga nisbatan kamroq maosh olmoqda
30-oktyabrdan maktablarda niqob taqish majburiy bo‘ladimi?
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Endi ayrim maktab bitiruvchilariga shahodatnomaga qo‘shimcha kasb-hunar bo‘yicha sertifikat ham beriladi
Har yili 30-iyunga qadar kasb-hunarga o‘qitish joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga maktabda o‘rgangan kasb-hunari bo‘yicha sertifikat beriladi.
Yangiliklar
Endilikda 11-sinf bitiruvchilari maktab bergan sertifikat bilan ishlashi mumkin bo‘ladi
Maktab bitiruvchilariga o‘rgangan kasb-hunari bo‘yicha sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qo‘shma qarori loyihasi e’lon qilindi.
Yangiliklar
Endilikda 10-11 sinf o‘quvchilari tadbirkorlarga biriktirilib, ularga oylik to‘lanadi
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori imzolandi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang