“Apellyatsiya natijasidan qoniqmaganlar sudga murojaat qilishi mumkin” — vazirlik
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagoglar masalasi kun tartibiga ko‘tarilgandan so‘ng, rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Vazirlik attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagoglar test jarayonining o‘zida platforma orqali tegishli test topshirig‘i bo‘yicha e’tirozlarini yozib qoldirishlari mumkinligini hamda natijalar e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy sahifalari orqali yoki yozma shaklda apellyatsiya murojaatini yuborish huquqiga ega ekanligini eslatgan.
Shuningdek, vazirlik yetarli ball to‘play olmagan o‘qituvchilarga yordam bermoqchi bo‘lgan hamda test savollarini noto‘g‘ri shaklda, mazmunini o‘zgartirib ijtimoiy tarmoqlarga tarqatayotgan shaxslarni ham ogohlantirgan.
“Afsuski, jarayondan o‘z foydasi yo‘lida foydalanishga urinish holatlari ham uchrab turibdi. Yetarli ball to‘play olmagan pedagoglardan turli chora-tadbirlar uchun (advokat xizmati 100 mln so‘m) mablag‘ yig‘ishga da’vatlar, attestatsiyadan o‘tkazib qo‘yish bilan bog‘liq turli asossiz takliflar hamda ayrim test savollarini noto‘g‘ri shaklda, mazmunini o‘zgartirib ijtimoiy tarmoqlarga tarqatish holatlari sodir bo‘lmoqda. Bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda”, - deyiladi vazirlik bayonotida.
Vazirlik har bir murojaatlarni ko‘rib chiqib, izoh berishga tayyorligini eslatib, agar taqdim etilgan izohlardan pedagog qoniqmasa, u holda sud tartibida murojaat qilish imkoniyati mavjud ekanligini ta’kidladi. Ma’lum qilinishicha, yaqin orada matbuot anjumani tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun: Murojaat etuvchi pedagog kadrlar apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaati ko‘rib chiqilishi jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin.
Shikoyat arizasi yo‘llagan pedagog xodim arizani aynan uning ishtirokida ko‘rib chiqilishini xohlasa, shikoyat arizasida “murojaat aynan mening ishtirokimda ko‘rib chiqilsin’’, degan mazmunda qo‘shimcha kiritishi lozim.
Chunki, attestatsiya bo‘yicha bo‘lib o‘tgan sud majlislarida vazirlik mas’ullari pedagog kadrlar tomonidan yuborilgan shikoyat arizasida aynan shunday mazmunda murojaat yozib qoldirmaganligi uchun apellyatsiya shikoyat arizalari pedagog xodimlar ishtirokisiz ko‘rib chiqilganligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari mumkin.
Nizomning 61-bandiga ko‘ra apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan pedagog kadrlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Nihoyat, pedagog xodim atamasidagi chalkashliklarga chek qo‘yilishi mumkin
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkazish tashabbusi bo‘yicha xavotirlar
Mazkur loyihaning qabul qilinishi pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirmaydi, balki yangi muammolar va yuridik kolliziyalarni yaratish orqali ortga tortadi.
Yangiliklar
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
Bunda oliy ta’lim tashkilotida bakalavriat bosqichining pedagogika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlarini yagona metodologik yondashuv asosida tashqi diagnostikadan o‘tkazish orqali tahlil qilinadi.
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun amaliy imtihon sanasi aniq bo‘ldi
Malaka sinovlarini amaliy imtihon shaklida o‘tkazish reja-jadvali hamda hududiy ishchi guruhlar va baholash komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Yangiliklar
Attestatsiya bazasi yana “ish ko‘rsatdi”
2026-yil 27-aprel kuni o‘tkazilgan matematika fanidan bo‘lib o‘tgan malaka toifa sinovlari paytida texnik nosozlik tufayli pedagoglar imtihon o‘tkaziladigan binoda uzoq vaqt qolib ketganligi aytildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang