Jismoniy tarbiya va musiqa fani o‘qituvchilari boshqacharoq tartibda attestatsiyadan o‘tadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari uchun attestatsiya sinovlari qanday shaklda o‘tkazilishini yana bir bor eslatdi.
Ma’lumki, 2025-yil 25-oktyabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlari o‘qituvchilari uchun attestatsiya sinovlarining birinchi bosqich jarayonlari o‘tkazilgandi.
Birinchi bosqichda — boshqa fanlardan farqli ravishda mutaxassislik fani (35 ta) va kasb standarti (5 ta) bo‘yicha beriladigan 40 ta test topshirig‘ining har biri 1 ball bilan baholangan. (jami 40 ball).
Ikkinchi bosqich (amaliy imtihon)da — musiqa madaniyati fani Madaniyat vazirligi hamda jismoniy tarbiya fani Sport vazirligi tomonidan tashkil etilishi belgilangan va 60 ballik tizim asosida baholanadi.
Jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlaridan oliy yoki birinchi malaka toifasiga ega hamda tegishli talablarga javob beradigan pedagoglar attestatsiya sinovlarining birinchi bosqich natijalari asosida “Yil o‘qituvchisi” tanlovida ham ishtirok etishadi.
Bunda tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlari pedagoglari yuqorida keltirib o‘tilgan 40 ta test savollariga qo‘shimcha ravishda pedagogik mahorat bo‘yicha 10 ta test savoliga javob berishdi (jami 50 ta savol).
“Yil o‘qituvchisi” tanlovi bo‘yicha beriladigan sinovlar (50 ta savol) quyidagi tartibda baholandi:
- mutaxassislik fanidan — 35 ta savol (har biri 3,1 balldan);
- pedagogik mahorat bo‘yicha — 10 ta savol (har biri 2,1 balldan);
- kasb standarti bo‘yicha — 5 ta savol (har biri 1,1 balldan).
E’tibor bering, musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fanlari o‘qituvchilarining malaka toifasi sinov natijalari faqat mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha baholandi (40 ta savol, har bir to‘g‘ri javob uchun 1 balldan, jami 40 ball). Pedagogik mahorat fanidan olingan ballar malaka toifasi sinovi natijalariga qo‘shilmadi.
Agar pedagog “Yil o‘qituvchisi” tanlovida qatnashishni istamasa, mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha 40 ta test topshirig‘ini bajaradi va bu attestatsiya jarayoni uchun yetarli hisoblanadi.
“Yil o‘qituvchisi” tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan hamda tegishli talablarga javob beradigan pedagoglar pedagogik mahorat bo‘yicha qo‘shimcha 10 ta savolga javob berdi (shuningdek, qo‘shimcha vaqt ham ajratilgan).
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Attestatsiya to‘lovi 10-martgacha amalga oshiriladi, biroq xatolik chiqsa, pullar qaytarilmaydi
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
Vazirlik malaka toifasi sertifikati muddatlari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
Vazirlikni sudga bergan tarix fani o'qituvchilari haq bo'lib chiqdi
Mavzuga doir yangiliklar
Attestatsiya
Attestasiyada “xom ballar” asosida o‘qituvchilar haqida qaror chiqarish – shunchaki “lotereya”
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova hamda Baholash markazi direktori Dilrabo Davidovaga ochiq murojaat.
Yangiliklar
Attestatsiya to‘lovi 10-martgacha amalga oshiriladi, biroq xatolik chiqsa, pullar qaytarilmaydi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi attestatsiya uchun to‘lovlarni amalga oshirishni 2026-yilning 10-martiga qadar uzaytirdi.
Yangiliklar
Vazirlik malaka toifasi sertifikati muddatlari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan hali muddati tugamagan malaka toifa sertifikatlarining amal qilish muddati kutilmaganda, hech qanday ogohlantirishlarsiz o‘zgartirib qo‘yilgani haqida xabar bergandik.
Yangiliklar
Vazirlikni sudga bergan tarix fani o'qituvchilari haq bo'lib chiqdi
Savol tuzilishida aniqlashtirish zarurati borligi sababli pedagog kadrlarning manfaatlarini inobatga olgan holda, testda ushbu savol tushgan pedagoglarning attestatsiya natijalariga tegishli o‘zgartirish kiritish maqsadga muvofiq, deb topildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang