Maslahatchi lavozimi kichik maktablarda 0.5 stavka miqdorda tashkil qilinadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 431-sonli buyrug‘i bilan Xalq ta’limi vazirligining 2019-yil 28-dekabrdagi 406-sonli buyrug‘i qayta tahrirlandi.
Ya’ni, umumta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi vа o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi barcha maktablarda faqatgina 1 shtat birlikda tashkil etilishi belgilandi.
Shuningdek, maktab maslahatchisi lavozimi o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, 300 nafargacha bo‘lganda 0,5 birlikdan, 301 nafar va undan ortiq bo‘lganda 1,0 birlikdan miqdorlarda kiritilishi belgilandi.
Maslahatchi lavozimini joriy etish bo‘yicha hukumat qarori imzolanadi
Ayni vaqtda maktab maslahatchisi lavozimini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori imzolanishi ham kutilmoqda.
Mazkur qaror bilan esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) “Kelajak” markazi strukturasi tasdiqlanib, ularga rahbarlar tayinlanadi.
Struktura tasdiqlangach, viloyat, tuman (shahar)larga “Kelajak” markazi direktorlari tayinlanadi va shundan so‘ng maktab maslahatchisi lavozimiga mutaxassislarni ishga qabul qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) “Kelajak” markazlarining ishchi guruhi tarkibi shakllantiriladi.
Shundan so‘ng, maktab maslahatchisi lavozimiga nomzodlar ana shu Ishchi guruh tomonidan suhbatdan o‘tkazilib, undan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar uchun maxsus o‘quv kursi tashkil qilinib, maktab maslahatchisi lavozimiga nomzodlar o‘quv kursi yakuni bo‘yicha test sinovlariga jalb qilinadi.
Suhbat, o‘quv kursi hamda yakuniy test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga ishchi guruh tomonidan maxsus “guvohnoma” taqdim etiladi. Guvohnoma olgan nomzodlar esa tegishli ta’lim muassasalariga yo‘naltirilib, maktab direktorlari tomonidan nomzodlarni maktab maslahatchisi lavozimiga ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtiriladi.
Maktab maslahatchisi lavozimini joriy etish tartibi ikki bosqichda amalga oshirish reja qilinmoqda. Birinchi bosqichda tegishli tartib asosida dekabr oyiga qadar 3400 ta maktabda maktab maslahatchilari lavozimga tayinlab olinadi.
Ikkinchi bosqich esa 2026-yil yanvar oyidan boshlanib, qolgan 7 mingga yaqin maktablarga maktab maslahatchilarini saralab olish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Attestatsiyadan norozi o‘qituvchilar sud uchun yig‘ilgan pullarni xayriya qilib yubordi
Maktablarda “Ombudsman soati” joriy etish rejalashtirilmoqda
Endi o‘quvchilarning zararli odatlari haqida xabar bergan pedagoglar mukofotlanishi mumkin
Attestatsiyada ingliz tilidan tushgan testlar to‘liq tahlil qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Barcha direktor o‘rinbosarlarini ishdan bo‘shatishyapti, shu to‘g‘rimi?
Ta’lim muassasalaridagi barcha direktor o‘rinbosarlarini ishdan bo‘shatish qonunchilikka zid.
Yangiliklar
Direktor o‘rinbosari shtatini qisqartirish hisobiga maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi
Avvalroq har bir maktabda maslahatchi lavozimi joriy qilinishi haqida xabar bergandik. Ushbu lavozimni joriy etish haqidagi prezident farmoni imzolandi.
Yangiliklar
Maktab maslahatchisi lavozimini joriy etish muddati kechiktirilishi mumkin
Maktab maslahatchisi lavozimi 2025-yil 1-oktyabrdan emas, balki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori imzolangach joriy qilinadi.
Yangiliklar
Kimlar maktab maslahatchisi sifatida ishga olinishi aniq bo‘ldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 30-sentyabrdagi 368-sonli buyrug‘i bilan maktab maslahatchilarining malaka tavsiflari tasdiqlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang