O‘qituvchilar uchun ChatGPT’da maxsus servis qo‘shildi
Ta’lim jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish tobora ommalashib, pedagoglar uchun ham yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar o‘qituvchilarga darslarni rejalash, materiallarni qayta ishlash va o‘quv jarayonini yengillashtirishda ko‘makchi vositaga aylanib bormoqda. OpenAI tomonidan joriy etilgan yangi xizmat ham ana shu jarayonning navbatdagi bosqichi sifatida ko‘rilmoqda.
OpenAI kompaniyasi pedagoglar uchun maxsus ishlab chiqilgan “ChatGPT for Teachers” servisini taqdim etdi. Yaratuvchilarning ta’kidlashicha, ushbu to‘plam o‘qituvchilarga dars materiallarini tez va qulay tayyorlash, shuningdek, o‘quvchilarga tegishli ma’lumotlar bilan xavfsiz ishlash imkonini beradi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ChatGPT for Teachers’dan 2027-yil iyunigacha bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi. Undan keyin servis pullik bo‘ladimi yoki hozircha aniq ma’lumot berilmagan.
Yangi platforma, avvalo, maktab o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan, oliy ta’lim muassasalari uchun esa alohida — ChatGPT Edu versiyasi ishlab chiqilgan. Shuningdek, Qozog‘iston pedagoglari uchun ChatGPT Edu versiyasidan bepul foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Ma’lumot uchun: Mutaxassislar ortiqcha ishonch sun’iy intellektga bo‘lgan bog‘liqlikni kuchaytirishi mumkinligidan ogohlantiradi. Ayrim ilmiy ishlarga ko‘ra, AI’dan ko‘p foydalanish insonning tanqidiy va tahliliy fikrlash qobiliyati pasayishiga ham olib kelishi mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Attestatsiya uchun o‘qituvchilardan 25 ming dollar olgan pedagoglar qo‘lga tushdi
Maslahatchi lavozimi kichik maktablarda 0.5 stavka miqdorda tashkil qilinadi
Attestatsiyadan norozi o‘qituvchilar sud uchun yig‘ilgan pullarni xayriya qilib yubordi
Maktablarda “Ombudsman soati” joriy etish rejalashtirilmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
Qozog'iston
Endi qozog‘istonlik o‘qituvchilar ChatGPT’dan bepul foydalanadi
Qozog‘iston hukumati OpenAI bilan ta’lim tizimida sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha memorandum imzoladi.
AQSh
O‘qituvchilar o‘rnini sun’iy intellekt egallamoqda — AQSh
AQSHning Texas shtatidagi Ostin shahrida joylashgan Alpha School maktabi ta’lim sohasida inqilob qilmoqda. Bu yerda 4- va 5-sinf o‘quvchilari har kuni darsga kelishadi, ammo ularning o‘qituvchisi — odatdagidek inson emas, balki sun’iy intellektdir.
Yangiliklar
Informatika fani o‘qituvchilari sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o‘qitiladi
Har bir viloyatdan 100 nafar informatika o‘qituvchisi joriy yilda Yangi O‘zbekiston universitetida ushbu dasturga o‘qitiladi.
Xitoy
Xitoy maktablarida sun’iy intellekt majburiy kurs sifatida joriy etiladi
Xitoy hukumati maktablarda sun’iy intellekt (SI) bo‘yicha majburiy kurslarni joriy etish tashabbusini ilgari surdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang