2026-yilda ham darsliklar ijarasi bepul bo‘ladi, 106,4 mln dona nusxa darslik va mashq daftarlari chop etiladi
“2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasiga ko‘ra 2026-yilda maktab darsliklari uchun 1 trln 985 mlrd so‘m yoki 2025-yilga nisbatan 53 foiz ko‘p mablag‘lar yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
Misol uchun, 2024-yilda maktab o‘quvchilari uchun 83,2 mln nusxa darslik va mashq daftarlarini yetkazib berish uchun Davlat budjetidan jami 1,5 trln so‘m ajratilgan. Ushbu mablag‘lardan 435,5 mlrd so‘m (yoki 36 foizi) davriyligi 1-yil hisoblanadigan hamda har yili yangidan chop etiladigan mashq daftarlari uchun yo‘naltirilgan.
2025-yilda esa 81 mln nusxa darsliklar va mashq daftarlari uchun jami 1,3 trln so‘m mablag‘lar to‘liq Davlat budjetidan qoplab berilgan.
Kelayotgan 2026-yilda umumta’lim maktablarini darslik, mashq daftari va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash uchun 1 trln 985 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi prognoz qilinib, ushbu mablag‘lar hisobidan 1-11 sinflar va tayyorlov guruhlari uchun jami 106,4 mln dona (2025-yilga nisbatan 37,4 mln donaga ko‘p) darslik, mashq daftari va o‘quv-metodik qo‘llanmalar chop etish reja qilinmoqda.
2026-yil uchun Davlat budjeti doirasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni darsliklar va mashq daftarlari bilan ta’minlash bo‘yicha ehtiyojni to‘liq qoplash imkonini beradi.
Shu sababli, ota-onalardan darsliklar va mashq daftarlari ijarasi uchun qo‘shimcha to‘lov undirishga ehtiyoj qolmaydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur yo‘nalish bo‘yicha xarajatlar 2020-yildagi 66 mlrd so‘mdan 2026-yilga kelib 1 trln 985 mlrd so‘mga yetgan. Bu so‘nggi olti yil ichida xarajatlar 30 baravardan ko‘proqqa oshganini ko‘rsatadi.
Maktab darsliklari uchun xarajatlar yillik dinamikasi quyidagicha:
- 2020-yilda — 66 mlrd so‘m;
- 2021-yilda — 180 mlrd so‘m;
- 2022-yilda — 1 trln 005 mlrd so‘m;
- 2023-yilda — 1 trln 006 mlrd so‘m;
- 2024-yilda — 1 trln 173 mlrd so‘m;
- 2025-yilda — 1 trln 300 mlrd so‘m;
- 2026-yilda — 1 trln 985 mlrd so‘m;
- 2027–2028-yillarda bu ko‘rsatkich mos ravishda 2 trln va 2,2 trln so‘mga yetishi prognoz qilingan.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Xususiy maktab va universitetlarda ichki ishlar inspektorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi
Kuzgi attestatsiya o‘tkaziladigan sana va manzillar aniq bo‘ldi
Prezident bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish haqidagi qonunni imzoladi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Ta’lim uchun davlat xarajatlari besh yilda ikki barobardan ziyod oshgan
2025-yilda O‘zbekistonda ta’lim sohasiga yo‘naltirilgan davlat xarajatlari 84,2 trillion so‘mga yetgan. Bu 2021-yildagi ko‘rsatkichdan qariyb 44,5 trillion so‘mga ko‘p.
Ta'lim siyosati
Maktab darsliklari mazmuni qayta ko‘rib chiqilib, yangilash jarayoni davom ettiriladi
Avvalgi darsliklarda aniqlangan muammolar, yangi avlod darsliklarini yaratishda xorij tajribasidan foydalanilishi, darsliklar islohoti xronologiyasi, 2027-yilgacha tayyorlanishi rejalashtirilgan o‘quv materiali hamda bu jarayonga yo‘naltirilayotgan mablag'lar — bugungi maqolada shu jihatlar qisqacha tahlil qilinadi.
So'ragan edingiz
36 nafar o‘quvchini 2 ta sinfga komplektlash mumkinmi?
Umumta’lim muassasalarining sinflari o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, shahar hududi va tuman markazlarida 25 ― 35 nafargacha, qishloq hududlarida esa 20 ― 35 nafargacha (olis (tog‘li, cho‘lli) hududlarda joylashgan umumta’lim muassasalari bundan mustasno) komplektlanadi.
Ta'lim siyosati
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
2027-yildan boshlab, qonun kuchga kirgach, birinchi sinf uchun darsliklarni har qanday holatda ham yangi alifbodan foydalangan holda chop etiladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang