O‘quvchilarga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar endi jarimaga tortilishi mumkin
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilib, bunda ta’lim tashkilotida bolalarni tarbiyalash, ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlar zimmasiga yuklatilgan shaxs tomonidan tarbiya va ta’lim berish jarayonida bolaga nisbatan zo‘ravonlik holatlari sodir etilganligi uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Mazkur Qonun loyihasining ayrim bandlariga Milliy tiklanish partiyasi tomonidan takliflar berilib, bunda mazkur qoidani boshqacha talqin qilish oqibatida kelib chiqadigan holatlarni ham inobatga olish kerakligi aytildi.
Deputatlar esa Milliy tiklanish demokratik partiyasining mazkur taklifini qabul qildi. Ya’ni, o‘qituvchi bolani tahqirlamasa, xo‘rlamasa va jismoniy zo‘ravonlik qilmasa, javobgarlikka tortilmaydi. Turlicha talqin qilinishi mumkin bo‘lgan ruhiy bosim, g‘amxo‘rlik qilmagani uchun kabi mezonlar tahrirdan chiqarildi.
Bugungi majlisda quyidagi masalalar ham muhokama qilindi
Notariuslar zimmasiga bolani farzandlikka berish (olish), bolani vasiylikka yoki homiylikka berish haqidagi arizadagi imzoning haqiqiyligi shahodatlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga taqdim etib borish majburiyati yuklatilyapti.
Vasiy yoki homiy o‘z yashash joyini o‘zgartirmoqchi, shu jumladan boshqa mamlakatga ko‘chib ketmoqchi bo‘lsa, vasiylik va homiylik organining yozma ruxsati va vasiylikka olingan 10 yoshga to‘lgan bolaning roziligi talab etilishi belgilanmoqda. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola foydasiga ota-onadan yoki ularning biridan undirilishi belgilangan aliment miqdorini kamaytirish bo‘yicha ishlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari vakilining ishtiroki belgilanyapti.
Shu bilan birga, Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy bo‘linmalari ota-ona yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxslardan bolaning sog‘lig‘ini tiklash va reabilitatsiya qilish uchun qilingan qo‘shimcha xarajatlarni bola foydasiga undirish haqida kiritilgan arizalar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod etilmoqda.
Shuningdek, yetim bola yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi yashaydigan joyga ro‘yxatga qo‘yganda ham davlat boji to‘lashdan ozod etish taklif etilmoqda.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.
Izohlar 8
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ertadan pedagoglar uchun kuzgi attestatsiya sinovlari boshlanadi
Ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
O‘qituvchilar attestatsiyasini o‘tkazuvchi markaz boshqa tashkilotga qo‘shib yuborildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Prezident bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish haqidagi qonunni imzoladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirishga qaratilgan 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun imzolandi.
Yangiliklar
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi
Qonun bilan 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tekkanlik hamda unga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirganlik uchun uzoq muddatli 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilmoqda.
Yangiliklar
Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.
Yangiliklar
Bog‘chadagi 5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: ish bo‘yicha nimalar ma’lum?
Namangan viloyatidagi davlat bog‘chalarining birida ishlovchi ombor mudiri 5 yoshli tarbiyalanuvchi qizni zo‘rlagani ma’lum bo‘ldi. Jinsiy zo‘ravonlik holati yuzasidan Namangan viloyati tuman IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan 12-sentyabr kuni ish ochilgan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang