"Yil o‘qituvchisi" tanlovi qanday tartibda o‘tkaziladi?
Xabaringiz bor, bu yil “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga mukofot sifatida 50 ming AQSh dollariga yaqin pul mablag‘i berish reja qilinmoqda.
Pedagoglarning kasbiy mahorati, bilim saviyasi va ma’naviy salohiyatini aniqlashga qaratilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi aniq belgilangan tartib asosida uch bosqichda tashkil etiladi.
Tanlovning birinchi bosqichi saralash bosqichi bo‘lib, u tanlov boshlanadigan yilning oktabr–dekabr oylarida o‘tkaziladi.
Ushbu bosqichda nomzodlarning mutaxassislik fani, pedagogik mahorati hamda kasb standarti bo‘yicha nazariy bilimlari baholanadi. Baholash Tashkiliy qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur bosqich Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibiga muvofiq ravishda, har ikki yilda bir marta avgust–dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari bilan integratsiya qilingan holda, onlayn tarzda tashkil etiladi.
Bunda 50 ta test topshirig‘i quyidagicha baholanadi:
- mutaxassislik fanidan 35 ta savol — har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball;
- pedagogik mahorat bo‘yicha 10 ta savol — har biri 2,1 ball;
- kasb standarti bo‘yicha 5 ta savol — har biri 1,1 ball.
Natijalarga ko‘ra, har bir tuman (shahar)dan eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar nomzod tanlovning ikkinchi bosqichiga yo‘llanma oladi.
Agar ballar teng kelib qolsa, ustuvorlik amaldagi malaka toifasi, ish staji va mutaxassislik fanidan to‘plangan ballar asosida belgilanadi. Zarur holatlarda barcha teng ball to‘plagan nomzodlar keyingi bosqichga o‘tkazilishi mumkin.
Tanlovning ikkinchi bosqichi g‘oliblar taqdirlanadigan yilning yanvar–fevral oylarida o‘tkaziladi. Bu bosqichda nomzodlarning dars o‘tish mahorati baholanadi. Sinov darslari o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxati vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Bunda nomzodlar hakamlar hay’ati tomonidan qur’a tashlash orqali aniqlangan sinfda tasodifiy mavzu asosida dars o‘tadi va bu jarayon 60 ballik tizimda baholanadi.
Shuningdek, maxsus platformaga joylashtirilgan dars videoyozuvlari pedagoglar tomonidan 40 ballik tizimda baholanadi.
Ikkinchi bosqich yakuniga ko‘ra, har bir tuman (shahar)dan eng yuqori ball to‘plagan 2 nafar nomzod uchinchi bosqichga o‘tkaziladi. Ballar teng bo‘lib qolgan taqdirda, pedagoglar ishtirokida qayta ovoz berish tashkil etiladi.
Tanlovning uchinchi bosqichi g‘oliblar taqdirlanadigan yilning aprel–may oylarida bo‘lib o‘tadi. Unda nomzodlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati samaradorligi va kitobxonlik darajasi taqdimot asosida 100 ballik tizimda baholanadi.
Mazkur bosqichda to‘plangan ballar avvalgi bosqichlardagi ballarga qo‘shiladi va tuman miqyosida eng yuqori umumiy ball to‘plagan nomzod tanlov g‘olibi deb topiladi.
Agar barcha bosqichlar yakunida ham ballar teng bo‘lib qolsa, g‘olibni aniqlash Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilangan qo‘shimcha shartlar asosida amalga oshiriladi.
E’tiborlisi, tanlovning barcha bosqichlarida nomzodlar tomonidan to‘plangan ballar maxsus platforma orqali ochiq e’lon qilib boriladi, bu esa jarayonning shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ba’zi bolalar 12 yillik ta’limda, ba’zilari 11 yillik ta’limda o‘qiydimi?
Samarqandda noqonuniy diniy ta’lim berish holati aniqlandi
Vazir E’zoza Karimova birinchi marta prezidentga taqdimot qildi
Surxondaryodagi maktablar yana qog‘ozbozlikka qaytyaptimi?
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Xususiy maktab o‘qituvchilari ham “Yil o‘qituvchisi” tanlovida qatnashsa bo‘ladimi?
Tanlov faqatgina Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan.
Yangiliklar
Qozog‘istonlik o‘qituvchi dunyoning eng yaxshi 50 nafar pedagoglar qatoriga kirdi
Olmaotadagi 95-sonli maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Tatyana Beloussova nufuzli Global Teacher Prize 2026 xalqaro tanlovining finalchisi deb topildi.
Yangiliklar
Vazirlik “Yil o‘qituvchisi” natijalari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda “Yil o‘qituvchisi” natijalari sotilyaptimi?” degan mazmundagi xabarlar tarqalgani, o‘qituvchilarning attestatsiya imtihonida “Yil o‘qituvchisi” tanlovi uchun yiqqan ballari 3 kundan so‘ng g‘ayrioddiy tarzda pasaytirib qo‘yilgani haqida xabar bergandik.
Yangiliklar
Vazirlik pedagoglarning “Yil o‘qituvchisi” natijalarini o‘zgartirib qo‘ygani aytilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda “Yil o‘qituvchisi” natijalari sotilyaptimi?” degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang