2030-yilgacha maktabgacha va maktab ta’limi tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi 158-sonli Farmoni bilan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi tasdiqlangandi. Joriy yilning 26-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati borligini ta’kidlaganidan keyin, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi.
Ammo, strategiyaning takomillashtirilgan loyihasida ta’lim tizimi yo‘nalishida juda katta o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmaydi. Ya’ni, ta’lim yo‘nalishida 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari avvalgi tahrirdan deyarli farq qilmasligini ko‘rish mumkin.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasida ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilishi reja qilingan quyidagi bir qancha vazifalar belgilangan:
- bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 80 foizga yetkazish;
- 100 foiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarini toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta’minlash;
- bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan 100 foiz qamrab olish;
- olis va chekka hududlarda joylashgan 715 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun bepul avtobuslarni yo‘lga qo‘yish;
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan 100 foiz ta’minlash;
- 1 000 ta nomdagi yangi avlod darslik majmualarni (darslik, mashq daftari, pedagoglar uchun metodik qo‘llanmalar) chop etish;
(Avvalgi tahrirda 700 ga yaqin nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, pedagoglar uchun metodik qo‘llanmalar va mobil ilovalar yaratish nazarda tutilgandi)
- yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1 000 ta multimedia dasturlarini yaratish;
- ta’lim tashkilotlariga har yili 600 nafar “til egalari” bo‘lgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
(Avvalgi tahrirda 500 nafar etib belgilangandi)
- Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ulushini 100 foizga yetkazish;
- 500 ming nafar maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining malakasini uzluksiz oshirish;
- ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar va olis hududlardagi abituriyentlar uchun pedagogik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida tayyorlangan kadrlar ulushini 17 foizga yetkazish;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining o‘rtacha ish haqini 2 baravar oshirish;
- nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari sonini 1 000 taga yetkazish;
- nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 1 trillion so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratish;
- nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar ulushini 3 baravarga oshirish;
- umumiy o‘rta ta’lim maktablari va akademik lisey bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish;
- umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan ta’minlash ulushini 100 foizga chiqarish.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining avvalgi tahririda:
- barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslarini joriy etish;
- 1 000 nafar tarbiyachi va o‘qituvchilarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish;
- 2024-yildan boshlab har yili davlat-xususiy sheriklik asosida kamida 100 tadan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari qurilishi bo‘yicha shartnomalar tuzish;
- davlat-xususiy sheriklik asosida va xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinadigan mablag‘lar hisobidan 2 milliard dollarlik umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish loyihalarini amalga oshirish nazarda tutilgandi.
Eslatib o‘tamiz, bugun “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi jamoatchilik muhokamasi yakunlanib, keyingi bosqichga o‘tkaziladi. Loyihaga taklif bildirish.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qanday vazifalar belgilab berildi?
Samarqand “oblono” boshlig‘i ishdan olindi
Ta’limni rivojlantirish markazi direktori Prezident Administratsiyasiga ishga o‘tdi, TRMga esa boshqa rahbar tayinlandi
Hilola Umarovaning o‘rnini Ilxom Siradjev egalladi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qanday vazifalar belgilab berildi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Ta'lim siyosati
O‘zbekiston 12 yillik ta’limga qachon va qanday o‘tmoqchi?
O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish masalasi ayni vaqtda jamoatchilikning e’tibor markazida turibdi. Dastlab bu mavzu turli mish-mishlar va asossiz xabarlar fonida tilga olingan bo‘lsa, bugungi kunga kelib u ta’lim siyosatining aniq yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rsatilyapti.
Yangiliklar
Ayrim o‘qituvchilarning maoshi 20 mln so‘mga yetkaziladi
O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishiga qarab, o‘qituvchilariga 20 million so‘mgacha oylik maosh to‘lab beriladi.
Yangiliklar
Vazir, jurnalist va deputatlar maktablarda dars o‘tmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Kelajak soati” darslarini o‘tish uchun vazirlar, keng jamoatchilik vakillari, shu jumladan, mahalliy hokimiyat rahbarlari, viloyat, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boshliqlari, jurnalist, bloger, hamda filologlarni faol jalb qilmoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang