Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi qonunbuzilish murojaatlari soni bo‘yicha “yetakchi” sohalardan biri deb topildi
Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 2025-yilda eng ko‘p qonunbuzilish holatlari yuzasidan murojaatlar kelib tushgan sohalar bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, qonunbuzilish holatlari yuzasidan eng ko‘p murojaatlar bo‘yicha maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi muassasalar ikkinchi o‘rinni — qurilish tashkilotlaridan keyingi, tibbiyot muassasalaridan oldingi o‘rinni egallagan.
Bunda maktab va maktabgacha ta’lim muassasalaridan o‘tgan 2025-yil davomida jami 3 041 ta murojaat kelib tushgan.
Maktab va maktabgacha ta’limi sohasida asosan mehnat shartnomasining rasmiylashtirilmasligi, ish vaqti va dam olish rejimiga rioya etilmasligi hamda noqonuniy ishdan bo‘shatish kabi holatlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda Maktabgacha va maktab ta’lim tizimi mehnat qonunchiligi eng ko‘p buzilgan sohalardan biri deb topilgandi.
Ya’ni, 2024-yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida ishga tiklash, ish haqi undirish va boshqa mehnat nizolari bilan bog‘liq sudlarda ko‘rilgan jami 2 078 ta fuqarolik ishining 1 364 tasi (66 foiz) qanoatlantirilib, tizimda mehnat qonunchiligi normalari buzilishi oqibatida da’vogarlar foydasiga 14 mlrd so‘m ish haqi hamda qo‘shimcha 2,5 mlrd so‘mlik majburiy progul uchun haq va ma’naviy zararlar undirish haqida qarorlar qabul qilingan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Attestatsiya masalasi bilan Prezident administratsiyasi shug‘ullanadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qanday vazifalar belgilab berildi?
Samarqand “oblono” boshlig‘i ishdan olindi
Ta’limni rivojlantirish markazi direktori Prezident Administratsiyasiga ishga o‘tdi, TRMga esa boshqa rahbar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Ta’lim tizimi xodimlariga har 5 yillik ish staji uchun 2 kun qo‘shimcha ta’til beriladi
Mehnat ta’tili va qo‘shimcha ta’til berishda Tarmoq kelishuviga rioya etilmasa, bu qonun buzilish sifatida baholanadi va ish beruvchi uchun javobgarlikka sabab bo‘ladi.
So'ragan edingiz
Maktabga ishga kirish uchun milliy sertifkat kerakmi?
Bu mehnat qonunchiligiga zid
Yangiliklar
Endi maktabdagi vakansiyalar haqida hisobot berish shart bo‘lmaydi
Shuningdek, bandlik organi yo‘llanmasi bilan bo‘sh ish o‘rniga kelgan nomzodni ishga qabul qilinmagan taqdirda, ish beruvchi sabab keltirishi shart bo‘lmaydi va buning uchun ish beruvchi ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’lim tizimi mehnat qonunchiligi eng ko‘p buzilgan sohalardan biri deb topildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida 2024-yilda ishga tiklash, ish haqi undirish va boshqa mehnat nizolari bilan bog‘liq ishlar sudlarda ko‘rib chiqilgan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang