Surxondaryo “oblono” boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi, uning o‘rniga esa yangi rahbar tayinlandi
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Mamadiyev Xusniddin Norboyevich Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, vazirlikning Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Tashpulatov Bekzod Xamitovich esa viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga vazifa bajaruvchi etib tayinlandi.
Xusniddin Mamadiyev 1984-yilda Surxondaryo viloyati, Angor tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston milliy universitetining bakalavr bosqichini, Toshkent davlat madaniyat institutining magistratura bosqichini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida:
- 2005-2006-yy. - Sud qarorlarini ijro etish departamenti Qibray tuman bo‘limi ish o‘rganuvchisi;
- 2006-2007-yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi kafedra toifasiz mutaxassisi;
- 2007-2012-yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi kafedra kabinet mudiri;
- 2010-2012-yy. - Toshkent davlat madaniyat instituti magistranti;
- 2012-2013-yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra bosh metodisti, fakultet bosh metodisti;
- 2013-2015-yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i;
- 2015-2017-yy. - Toshkent davlat agrar universiteti Gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi;
- 2017-2017-yy. - O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Avtodaryotrans-ilm” kasb malakasini oshirish davlat ilmiy-metodik markazi yuriskonsulti;
- 2017-2020-yy. - Respublika yoshlar markazi direktori;
- 2020-2021-yy. - Olmazor tumani hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;
- 2021-2021-yy. - Olmazor tuman hokimining o‘rinbosari – “Yoshlik” shaharchasi hokimi;
- 2021-2022-yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali bosh inspektori;
- 2021-2023-yy. - Prezident ta’lim muassasalari agentligining Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i;
- 2023-yildan boshlab Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Tashpulatov Bekzod Xamitovich 1988-yilda Termiz shahrida tug‘ilgan. 2013-yil Termiz Davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – geografiya.
U mehnat faoliyati davomida Termiz shahar 15-sonli maktab geografiya fani o‘qituvchisi, 15-sonli maktab direktorining o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 9-sonli ayrim fanlarni chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan maktab direktori lavozimlarida ishlagan.
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishidan avval Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktab direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
2023-yilda esa viloyat boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi
Bu yil maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi mumkin
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
Bir yildan buyon bo‘sh turgan Respublika ta’lim markazi direktori lavozimiga rahbar tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, vazirlik huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori lavozimiga Norboyeva Dilshoda Abdunasimovna tayinlandi.
Tayinlov
Ta’limni rivojlantirish markazi direktori Prezident Administratsiyasiga ishga o‘tdi, TRMga esa boshqa rahbar tayinlandi
Yuliya Vasilyevna Risyukova Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimiga, Shaxzodbek Karimovich Kurbaniyazov esa Markaz direktori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov
Hilola Umarovaning o‘rnini Ilxom Siradjev egalladi
5 oy avvalroq u Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimiga ishga o‘tgandi.
Tayinlov
Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri lavozimidan ozod qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri Kojabayeva Gulistan Talasbayevna boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang