Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun amaliy imtihon sanasi aniq bo‘ldi
Ma’lumki, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga toifa berishning ikki bosqichli yangi tartibi ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda birinchi bosqich — test shaklida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich — amaliy imtihon shaklida Sport vazirligi tomonidan o‘tkazilishi belgilangan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sport vazirligining 2026-yil 7-apreldagi “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani pedagog kadrlarini o‘quv fanidan malaka sinovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 23-q/q, 12-q/q-sonli qaroriga muvofiq 2026-yil 12–20-may kunlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun o‘quv fanidan ikkinchi bosqich amaliy imtihonlar o‘tkazilishi belgilandi.
Shuningdek, Sport vazirligining 2026-yil 1-maydagi buyrug‘i bilan malaka sinovlarini amaliy imtihon shaklida o‘tkazish reja-jadvali hamda hududiy ishchi guruhlar va baholash komissiyasi tarkibi ham tasdiqlandi.
Mazkur amaliy imtihon jarayonlari Sport vazirligining 2026-yil 1-maydagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan sport maktablarida bo‘lib o‘tadi.
12–20-may kunlari o‘tkaziladigan amaliy imtihon jarayonlari yakunlanganidan so‘ng baholash komissiyasi natijalarni shu kunning o‘zida “Toifa imtihon” quyi moduliga kiritadi.
Bunda amaliy imtihon jarayonlarini ovozli va videotasvirga olinadi hamda video tasvirlar kamida bir yil saqlanadi. Amaliy imtihon natijalari umumlashtiriladi hamda tasdiqlangan natijalar jarayon yakunlanganidan so‘ng besh kun muddatda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdim etiladi.
Amaliy imtihon natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog kadrlarning murojaatlarini malaka sinov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida Sport vazirligi tomonidan tuzilgan apellyatsiya komissiyasi pedagog xodim ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Pedagog xodimlar qo‘shimcha ma’lumotlar bilan quyidagi havolalar orqali tanishib chiqishi mumkin
Imtihonlar oʻtkaziladigan manzillar hamda aniq sanalar.
Eslatib o‘tamiz, amaliy imtihonlarda ishtirok etish uchun pedagog xodimlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) olib kelishlari talab etiladi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkazish tashabbusi bo‘yicha xavotirlar
Mazkur loyihaning qabul qilinishi pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirmaydi, balki yangi muammolar va yuridik kolliziyalarni yaratish orqali ortga tortadi.
Yangiliklar
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
Bunda oliy ta’lim tashkilotida bakalavriat bosqichining pedagogika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlarini yagona metodologik yondashuv asosida tashqi diagnostikadan o‘tkazish orqali tahlil qilinadi.
Yangiliklar
Attestatsiya bazasi yana “ish ko‘rsatdi”
2026-yil 27-aprel kuni o‘tkazilgan matematika fanidan bo‘lib o‘tgan malaka toifa sinovlari paytida texnik nosozlik tufayli pedagoglar imtihon o‘tkaziladigan binoda uzoq vaqt qolib ketganligi aytildi.
Attestatsiya
Nega milliy sertifikatda A+ olgan o‘qituvchi malaka toifa imtihonidan yiqilmoqda?
Bugungi ta’lim tizimida ko‘plab o‘qituvchilar orasida bir savol keng tarqalgan: nega milliy sertifikatda yuqori — A+ darajaga erishgan pedagoglar ham malaka toifa imtihonlarida kerakli ballni to‘play olmayapti?
O'zbek
Izohingizni tahrirlang