Endilikda attestatsiyadan o‘tmasdan turib, ikkinchi va birinchi malaka toifasini olishi mumkin bo‘ladi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan ‘‘Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida’’gi nizomning 10-bandiga muhim o‘zgartirishlar kiritildi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda pedagoglarning oliy ma’lumot darajasi va o‘qishdagi natijalariga qarab ularga malaka toifalari beriladi.
Bunda 2026-yildan boshlab bakalavriatni imtiyozli diplom bilan tamomlagan hamda ilk bor ta’lim tashkilotiga ishga kirayotgan bitiruvchilarga avtomatik ravishda ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) beriladi.
Shuningdek, magistr darajasiga ega mutaxassislar, oliy ma’lumot bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotli pedagoglar ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) bilan faoliyat yuritishi mumkin.
Joriy yildan boshlab esa magistraturani tamomlab, barcha fanlardan hamda attestatsiyadan “5” (a’lo), ya’ni 90–100 ball natija ko‘rsatgan va ilk bor ta’lim tashkilotiga ishga kirayotgan bitiruvchilarga esa birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) beriladi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
O‘qituvchilar attestatsiyasini o‘tkazuvchi markaz boshqa tashkilotga qo‘shib yuborildi
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
O‘qituvchi attestatsiya testini boshqa hududda topshirishi mumkinmi?
MMTVning 334-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan yo‘riqnomaga ko‘ra, ayrim asosli holatlarda pedagogga doimiy yoki vaqtincha yashash hududidan boshqa hududda test topshirishga ruxsat berilishi mumkin.
Attestatsiya
Kuzgi attestatsiya o‘tkaziladigan sana va manzillar aniq bo‘ldi
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun 2026-yil avgust–dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifasi sinovlarining sanalari hamda test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar belgilandi.
Bilasizmi?
Kuzgi pedagog kadrlar attestatsiyasi qay tartibda o‘tkaziladi?
Pedagoglar uchun attestatsiya jarayoni qanday tashkil etiladi? Test sinovida nechta va qanday topshiriqlar beriladi, har bir bosqichda pedagoglar qanday baholanadi, testga nimalarni olib kirish mumkin emas, test natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog qanday tartibda apellyatsiya berishi mumkin? Quyida pedagoglar uchun eng muhim jihatlarni tushuntiramiz.
Bilasizmi?
Attestatsiyaga ariza yuborish yakunlanishiga 5 kun qoldi
Xabaringiz bor, 2026-yil 1-avgustdan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish boshlangan bo‘lib, murojaat yuborish 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang