Bu yil 1696 nafar o‘qituvchiga qariyb 7 mln 500 ming so‘mlik vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan, vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan 1 696 nafar malakali pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi. Vazir ustamasi uchun ajratilgan 204 ta joy esa bo‘sh qoldi.
Bunda umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan 1 400 nafar, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalaridan 98 nafar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan 198 nafar pedagog vazir ustamasiga tavsiya etilgan.
2026-yilda Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni 1 900 nafar etib belgilangandi.
Kvotalar “Maktabgacha ta’lim”, “Boshlang‘ich ta’lim”, “Filologiya fanlari”, “Ijtimoiy fanlar”, “Aniq fanlar”, “Tabiiy va iqtisodiy fanlar”, “Amaliy fanlar” yo‘nalishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida taqsimlangan.
Endilikda g‘oliblarga 2026-yil sentabr oyidan 2027-yil may oyiga qadar, jami 9 oy davomida quyidagi miqdorda ustama to‘lanadi:
- umumta’lim tashkilotlari pedagoglariga — Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 5,5 baravari — 7 mln 480 mimg so‘m;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilariga — Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2 baravari — 2 mln 992 ming so‘m.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda
Dars taqsimoti ortidan maktab direktori qamoqqa olindi
Maktablarda yangi to‘garaklar tashkil etiladi, ular bepul bo‘ladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ish joyi o‘zgarsa, vazir ustamasi saqlanib qoladimi?
Ish joyi o‘zgargan pedagog kadrlar haqida o‘z vaqtida yuqori turuvchi tashkilotga yozma xabar bermaganligi uchun tegishli tashkilot rahbari javobgar hisoblanadi.
Yangiliklar
Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Apellyatsiya yuborish muddatining dastlabki 24 soati yakunlandi. Agar vazirlik qolgan 24 soat davomida ham nomzodlarga apellyatsiya yuborish imkoniyatini bermasa, belgilangan muddat tugashi oqibatida yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilmay qolishi mumkin.
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarning vazir ustamasi pullari kamaytirilmadi
Vazir jamg‘armasi hisobidan ustama olib kelayotgan bir guruh o‘qituvchilardan xalqtaliminfo.uz’ga murojaat kelib tushdi. Xalqtaliminfo.uz holatni o‘rgandi.
Yangiliklar
Bu yil 1000 nafar o‘qituvchiga vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining joriy yil 30-maydagi 174-sonli buyrug‘i bilan 2025-yil uchun har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang