Top.Mail.Ru
Magistraturani tamomlagan o‘qituvchiga qanday imtiyoz yoki ustamalar bor?

Magistraturani tamomlagan o‘qituvchiga qanday imtiyoz yoki ustamalar bor?

22:00 / 21.02.2024 32.74k

Magistr darajasiga ega pedagoglarga nisbatan qonunchilikda ayrim imtiyozlar amal qiladi, lekin buning uchun maxsus ustamalar belgilanmagan.  

Magistr darajasiga ega mutaxassislarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi malaka toifasi beriladi 
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 10-band, 2-xatboshiga ko‘ra magistr darajasiga ega mutaxassislarga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) beriladi. 


Ushbu imtiyozni qo‘lga kiritish uchun pedagog xodim magistratura diplomini asos qilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) ikkinchi malaka toifasi olish uchun pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali murojaat yuborib, ikkinchi toifa uchun sertifikat olishi lozim. 

Ma’lumot uchun, magistr darajasiga ega bo‘lgan mutaxassislarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) berilgan ikkinchi malaka toifa va sertifikatning amal qilish mudddati besh yildan so‘ng tugaydi. Besh yillik muddatdan so‘ng magistr darajasi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) ikkinchi toifa berilgan pedagoglar belgilangan tartibda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb qilinadi. 

Magistr darajasiga ega mutaxassislar kasbiy sertifikatlash test sinovlariga jalb qilinmaydi 
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevral kungi 87-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”ga ko‘ra 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab 1 yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab esa bosqichma-bosqich maktablarda faoliyat yuritib kelayotgan, tegishli malaka toifasiga ega bo‘lmagan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash test sinovlariga jalb qilinadi. Bunda magistr darajasiga ega mutaxassislar kasbiy sertifikatlash test sinovlariga jalb qilinmaydi.

Izohlar 8

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Attestatsiya
  • Pedagog
  • Magistr

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Yangiliklar

Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida noqonuniy sxema tuzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

Avvalroq, pedagog xodimlarni attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlashdan o‘tkazib qo‘yish maqsadida amalga oshirilgan bir qancha noqonuniy harakatlar fosh bo‘lgani haqida xabar bergadik. Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangandi.

16:33 / 14.09.2026
So'ragan edingiz

Magistraturaga o‘qishga kirgan o‘qituvchi ishdan bo‘shashi kerakmi?

Qonunchilikda magistraturada tahsil olayotgan talabalarga mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishni taqiqlovchi norma mavjud emas. Ya’ni, talaba ta’lim bosqichidan qat’i nazar, qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasi asosida ishlashi mumkin.

12:16 / 14.09.2026
Yangiliklar

Nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi

2027/2028-o‘quv yilidan boshlab nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarini topshirishda belgilangan vaqt me’yorining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha vaqt olish imkoniyati beriladi.

10:46 / 08.08.2026
Yangiliklar

Endilikda attestatsiyadan o‘tmasdan turib, ikkinchi va birinchi malaka toifasini olishi mumkin bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda pedagoglarning oliy ma’lumot darajasi va o‘qishdagi natijalariga qarab ularga malaka toifalari beriladi.

15:40 / 30.07.2026