Top.Mail.Ru
15 yoshli o‘quvchi onasining ustidan bolalar ombudsmaniga shikoyat qildi

15 yoshli o‘quvchi onasining ustidan bolalar ombudsmaniga shikoyat qildi

11:30 / 03.03.2024 1.58k
Buxoro viloyatida yashovchi 15 yoshli bola onasining ustidan bolalar ombudsmaniga shikoyat qildi.

Aytilishicha, M.M.ning onasi unga uzoq vaqt davomida tazyiq o‘tkazib kelgan, shu sababli bola 2023-yildan buyon onasidan alohida buvisi qaramog‘ida yashab kelgan. M.M. uning otasi aliment majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagani uchun ozodlikdan mahrum qilinganini bildirib, singlisi va o‘zini onasi qaramog‘iga berilishiga yo‘l qo‘ymaslik masalasida amaliy yordam so‘ragan. 

Bolalar ombudsmanining so‘rovi asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan mazkur oilaning ijtimoiy vaziyati atroflicha o‘rganildi. Jumladan, Buxoro viloyati Jondor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi holatni o‘rganishi davomida haqiqatdan ham bolaning ustun manfaatlarini ona emas, buvisi ta’minlay olishi to‘g‘risidagi berilgan xulosasi asosida M.M.ga va uning singlisiga buvisi rasmiy ravishda vasiy etib belgilandi.

Mazkur oilaning ijtimoiy masalalari kelgusida ham Bolalar ombudsmani va mutasaddilar kuzatuvi ostida bo‘lib, zarur hollarda tegishli ko‘mak ko‘rsatish choralari ko‘riladi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Zo'ravonlik

Ulashish