Yangi baholash tizimidan norozi bo‘lgan jamoatchilik faollari vazir Hilola Umarovaga murojaat yo‘lladi
Ma’lumki, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab 500 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etildi, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab esa mazkur maktablarning har biriga 2 tadan maktab biriktirilib, yangi tizimning qamrovi 1 500 taga oshirildi.
Joriy o‘quv yilidan boshlab o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, o‘quvchilari ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama berish tartibi ham joriy etildi.
“Mezonlarga asoslangan” deya nomlangan ushbu baholash tizimi avvalroq Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda joriy qilinib, tajribadan o‘tkazilgandi.
Yangi baholash tizimi 1 500 ta maktabda joriy etilgach, ushbu tizim kamchiliklari haqida ayrim o‘qituvchi va ota-onalar turli xil e’tirozlar bildira boshladi.
Ta’lim masalalari bo‘yicha ekspert Komil Jalilovning xabar berishicha, yangi baholash tizimidan norozi bo‘layotgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, ota-onalar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaga murojaat yo‘llagan.
Murojaatchilarning ta’kidlashicha, vazirlik tomonidan yo‘llangan javob ham e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun: Avvalroq, ta’lim masalalari bo‘yicha ekspert Komil Jalilov “Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 6-noyabr kungi 42-sonida chop etilgan maqolasida mezonga asoslangan baholash tizimi o‘z vazifalarini bajara olishi uchun u testologiyaning ilmiy talablariga javob berishi kerakligi, ta’lim tizimi ishtirokchilari va manfaatdor tomonlarga (o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar, maktab ma’muriyati, vazirlik) o‘quvchilarning ta’limdagi yutuqlari va muammolarini haqiqatda tahlil qilish imkonini beradigan valid ma’lumotlar bilan ta’minlay olishi kerakligi haqida yozgandi.
Komil Jalilovning “Mezonlarga asoslangan baholash tizimi”… mezonlarga asoslanganmi?” mavzusidagi maqolasi bilan mana bu manzilda to‘liq tanishib chiqishingiz mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktab maslahatchisi lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish boshlab yuborildi
Prezident bunday topshiriq bermagandi: o‘qituvchilarni xorijga yuborish xarajatlari ularning bo‘yniga ilindi
Pedagoglar malakasini oshirish tizimidagi kamchiliklar muhokama qilindi
“X-variant” tarqalganiga qaramay, tarixdan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
Avvalgi rahbariyat vaqtida qisqartirish deb nohaq ishdan bo‘shatilgan rahbar xodim vazir E’zoza Karimovaning buyrug‘i bilan ishga tiklandi.
Yangiliklar
Bir yil ichida ta’lim vazirligi xizmat safarlari uchun 3 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ishlatdi
Bir yil davomida vazirlik tomonidan xorijiy safarlar uchun qariyb 2,5 milliard, hududiy xizmat safarlari uchun esa 875 mln so‘m mablag‘ sarflandi.
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2025-yilda qanday ishlar amalga oshirildi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar haqidagi sarhisoblarni e’lon qildi.
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimi haligacha bo‘sh qolmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi 4 oydan buyon bo‘sh qolmoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang