O‘quvchilarni teatr tomoshasiga olib ketayotgan avtobus avtohalokatga uchradi
16:30 / 18.03.2024
5.39k
Kogon tumanidagi maktab o‘quvchilari Buxoro shahriga teatr tomoshasiga olib ketilayotgan bo‘lgan. Bir o‘quvchi halok bo‘lgan, yana biri jarohatlangan. Bu haqida Kun.uz nashri xabar berdi.
18 mart kuni soat 10:30 atrofida Buxoro viloyati Kogon tumanida avtobus va yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, tartibga solingan chorrahada 33 yoshli haydovchi O.Sh. boshqaruvida bo‘lgan avtobus hamda 40 yoshli haydovchi M.M. boshqaruvidagi yuk avtomobili to‘qnashgan.
“YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Tafsilotlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘quvchilari 2 ta avtobusda Buxoro shahridagi drama teatriga borayotgan bo‘lgan, ulardan biri YTHga uchragan.

YTH oqibatida bir nafar o‘quvchi voqea joyida vafot etgan, yana bir kishi tan jarohati olgan. 25 nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. O‘quvchilar Buxoro va Kogon shaharlari hamda Kogon tumanidagi tibbiyot muassasalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
YTH oqibatida bir nafar o‘quvchi voqea joyida vafot etgan, yana bir kishi tan jarohati olgan. 25 nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. O‘quvchilar Buxoro va Kogon shaharlari hamda Kogon tumanidagi tibbiyot muassasalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
19:50 / 12.11.2026
Musiqa fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha oylik ustama to‘lanadi
13:57 / 12.11.2026
Toshkent shahar ta’lim va ilm-fan boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi
10:00 / 12.11.2026
6 yoshli bolalar maktabga tayyorlov bilan to‘liq qamrab olinadi, 10 ta oliygoh Top-1000 ga kiritiladi — prezident farmoni
12:48 / 11.11.2026
Ta’lim vazirligida matbuot xizmati rahbariyati yangilandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun berganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
15:54 / 04.08.2026
Yangiliklar
“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchisi vafot etdi
“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchilari YTHga uchradi. Bir bola vafot etdi.
14:43 / 25.06.2026
Yangiliklar
14 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgan mashina avariyaga uchradi, haydovchi vafot etdi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1992-yilda tug‘ilgan G.Q. tegishli hujjatlarsiz “Matiz” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, tajribasizligi va chalg‘ishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan.
17:20 / 06.05.2026
Yangiliklar
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yibgan ota besh sutkaga qamaldi.
12:16 / 10.03.2026
O'zbek
Izohingizni tahrirlang