Top.Mail.Ru
Davomatni yashirishga uringan direktor lavozimidan ozod qilindi

Davomatni yashirishga uringan direktor lavozimidan ozod qilindi

08:00 / 19.03.2024 4.79k
Kecha, 18-mart kuni Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshlig‘i Ubaydulla Oripov rahbarligida Chiroqchi tumanidagi maktab direktorlari, o‘rinbosarlari, psixologlari ishtirokida tanqidiy hamda tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
 
Bu haqida Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. O‘tkazilgan yig‘ilishda davomatini yashirishga uringan direktor lavozimidan ozod qilingan.
“O‘z lavozimiga sovuqqonlik bilan qarab, ta’lim sifati, majburiy ta’limga jalb etilgan o‘quvchilar davomatini soxtakorlik bilan o‘zgartirishga uringan yoki rahbarlikni umumiy nazoratiga bepisandlik bilan qaragan Chiroqchi tumanidagi 60-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori lavozimidan ozod etildi. (nomenklatura doirasida o‘rinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ham bekor qilinadi)”, deyiladi axborot xizmati xabarida.
Tanqidiy yig‘ilishda ta’lim sifati, o‘quvchilar davomati, o‘qituvchi va o‘quvchilarni xorijiy tillarni o‘qitish, o‘rganish hamda kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari, yangi baholash tizimi, 1 yoki 1.5 koeffitsiyentdan yuqori maktablarga o‘quv markaz hamkorliklarini yo‘lga qo‘yish, attestatsiya jarayonida korrupsion holatga yo‘l qo‘yilmasligi va boshqa masalalar muhokama qilingan.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Davomat
  • Maktab direktori

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Yangiliklar

Farg‘onada maktab direktorlari ommaviy ravishda majburiy rotatsiya qilinyapti, vazirlik bundan xabardormi?

Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 5 yildan ortiq ishlagan maktab direktorlarni ommaviy ravishda majburiy rotatsiya qilinayotgani haqida xalqtaliminfo.uz’ga murojaat kelib tushdi.

18:59 / 04.08.2026
Maqola

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga direktorlarni tayinlash tizimini rivojlantirish mexanizmlari

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimga tayinlash tartibining evolyutsion jarayoni tahlil qilinadi. Xususan, kuzatuv kengashlari, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tavsiyasi asosida direktorlarni tanlash amaliyoti va uning institutsional kamchiliklari, shuningdek Direktorlar kengashi tavsiyasi asosida nomzodlarni baholash tizimining joriy etilishi yangi mexanizm sifatida samaradorlik, shaffoflik va adolat tamoyillari ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi.

13:44 / 24.09.2025
Yangiliklar

2025-yilda sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar o‘quvchining ota-onasiga jarima solindi

Shuningdek, 2025-yil davomida maktab rahbariyati, mahalla faollari hamda ispektor-psixologlar bilan birgalikda 265 ming nafardan ortiq o‘quvchi va ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazildi.

22:32 / 29.12.2025
Maqola

Maktab direktorlari boshqaruv samaradorligini baholashning huquqiy-me’yoriy asoslari

Mazkur maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida maktab direktorlari boshqaruv samaradorligini baholashga oid amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi.

10:29 / 25.09.2025