Vazir o‘rinbosari Kogon tumanida ro‘y bergan avtohalokatdan jabrlangan o‘quvchilarni ko‘rgani bordi
15:40 / 19.03.2024
3.49k
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati joriy yilning 18-mart kuni Buxoro viloyati Kogon tumanidagi maktab o‘quvchilari ishtirokida yuz bergan baxtsiz hodisadan so‘ng jabrlangan o‘quvchilar vazirlik nazoratida ekanligini ma’lum qildi.
Xususan, vazir o‘rinbosari Farhod Boqiyev mazkur holatni o‘rganish hamda voqea ishtirokchilari bilan uchrashish maqsadida Buxoro viloyatiga bordi.
Dastlab viloyat hokimligi, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari ishtirokida ayni paytda shifoxonada tibbiy nazoratda bo‘lib turgan o‘quvchilar holidan xabar oldi. Ularning ota-onalari va yaqinlari bilan suhbatlashib, ko‘ngil so‘radi.
Shundan so‘ng Kogon tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan maktabda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbariyati va maktabning pedagogik jamoasi bilan uchrashdi.
Muloqot davomida baxtsiz hodisa va uni yuzaga keltirgan sabablar keng muhokama qilindi hamda o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik, o‘quvchilar taqdiriga befarqlik kechirib bo‘lmas xato ekanligi ta’kidlangan.
“Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv natijalariga ko‘ra, voqeaga javobgar tizim mas’ullariga nisbatan o‘rnatilgan tartibda tegishli choralar qo‘llaniladi”, deyiladi vazirlik matbuot xizmati bergan xabarda.
Ayni vaqtda avtohalokat ishtirokchisi bo‘lgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga psixologlar biriktirilgan bo‘lib, ularning ruhiy holati nazorat ostiga olingan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
13:45 / 16.09.2026
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
11:13 / 16.09.2026
MMTB mas’ullari 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
16:33 / 14.09.2026
Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida noqonuniy sxema tuzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi
12:18 / 10.09.2026
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun berganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
15:54 / 04.08.2026
Yangiliklar
“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchisi vafot etdi
“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchilari YTHga uchradi. Bir bola vafot etdi.
14:43 / 25.06.2026
Yangiliklar
14 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgan mashina avariyaga uchradi, haydovchi vafot etdi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1992-yilda tug‘ilgan G.Q. tegishli hujjatlarsiz “Matiz” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, tajribasizligi va chalg‘ishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan.
17:20 / 06.05.2026
Yangiliklar
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yibgan ota besh sutkaga qamaldi.
12:16 / 10.03.2026
O'zbek
Izohingizni tahrirlang