Attestatsiyadan qo‘rqmaslik kerak
11:30 / 03.04.2024
3.94k
Ma’lumki, 15-apreldan boshlab respublikamiz bo‘ylab pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari boshlanadi. Bu jarayondan negadir juda ko‘pchilik qo‘rqadi. Ba’zan esa test sinoviga kelgan o‘qituvchilarga ayrim “auditoriya kuzatuvchilari” yaxshi munosabatda bo‘lishmaydi.
O‘qituvchilar test ishlash xonasiga kirishi bilan ularga xuddi huquqbuzarlardek muomala qilinishiga guvoh bo‘lasiz. “Tezroq o‘tiring”, “gaplashmang”, “atrofga alanglamang”, “joyingizni topolmaysizmi”, “yana bir marta sherigingizga qarasangiz chiqarib yuboramiz”, “qanaqa odamsiz o‘zi” kabi qo‘pol gaplarni eshitishga majbur bo‘lishadi o‘qituvchilar.
Bunga aslida o‘qituvchining o‘zi ham aybdor. Sababi ular o‘z huquq va majburiyatlarini yaxshi bilmaydi. Go‘yoki ortiqcha nimadir deyilsa, test sinovidan past natija oladigandek vahimaga tushishadi. Ammo bu xavotirlarning umuman keragi yo‘q. Shuning uchun qo‘rqmang! Siz pedagogsiz, siz ziyoli qatlamsiz, siz shu sohaning kelajagisiz. Sizga huquqbuzar yosh boladek munosabatda bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymang. Hech kimga siringizni bermang.
Balki, test sinovidan biroz pastroq natija qayd etarsiz, ammo bu hammasi tugadi degani emas. Natijangiz yomon chiqdimi, demak yana o‘z ustingizda ko‘proq ishlashingiz kerak bo‘ladi xolos. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham sizga nisbatan hurmatsizlik qilishlariga yo‘l qo‘ymang. Bilimingiz yetarli emasmi, buni mardlarcha tan olib qo‘yavering. Ammo qaddingizni hech qachon bukmang! O‘qituvchining hurmatini to‘kilishiga, shu ham o‘qituvchimi deyishlariga yo‘l qo‘ymang.
Attestatsiyaga qattiq tayyorgarlik ko‘ring. Sinov xonasiga qaddingizni g‘oz tutib kiring, toki sizga ehtiyotkorlik bilan, xushmuomalalik bilan gapirishga majbur bo‘lishsin. Kim sizning nafsoniyatingizga tegsa, qo‘pol gapirsa, hurmatsizlik qilsa ta’sirchan javobingiz bilan kim ekanligingizni bildirib qo‘ying. Attestatsiya test jarayonida sizga nisbatan hurmatsizlik qilinmasligini xohlasangiz, sinov o‘tkazilayotgan auditoriya talablarini hech qachon buzmang.
Unutmang, pedagog kadr quyidagi hollardagina malaka sinovlaridan chetlashtirilishi mumkin:
- sinov o‘tkazilayotgan auditoriyaga har qanday adabiyot, shpargalka yoki telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirsa;
- sinov o‘tkazilayotgan vaqtda boshqa ishtirokchilar bilan muloqot qilsa;
- savollarni ko‘chirib olishga hamda sinov materiallarini auditoriyadan olib chiqishga harakat qilsa;
- sinov materiallarini boshqa talabgorlarga bersa, sinovni o‘tkazish jarayoniga xalaqit qilsa;
- sinov jarayoniga boshqa talabgorning o‘rniga kirganligi aniqlansa;
- sinovlar uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng sinov materiallarini topshirishdan bosh tortsa;
- sinovlar jarayonida videokuzatuvlar orqali talabgorning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.
Yuqoridagi qoidalarni buzmasangiz hech sizga hurmatsizlik qilolmaydi. Bilib qo‘ying, hech kimni o‘qituvchiga hurmatsizlik qilishga, test sinovi oldidan ularni asabiy holga keltirishga haqqi yo‘q. Shuning uchun xotirjam bo‘ling. Siz barchasini uddalaysiz. Barchangizga omad yor bo‘lsin!
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
21:26 / 30.10.2024
2025-yilda maktabgacha va maktab ta’limi uchun budjetdan qancha mablag‘ ajratilmoqda?
21:03 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
15:46 / 30.10.2024
“O‘qituvchilarning barcha takliflarni shaxsan o‘zim o‘qib boryapman” – Hilola Umarova
11:51 / 30.10.2024
Saylovchiga 4 tadan ortiq byulleten bergan o‘qituvchi jazolandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Yangiliklar
So'ragan edingiz
So'ragan edingiz
Nosozlikmi yoki ogohlantirish? Vazirlik test sinovi vaqtidagi holatga tushuntirish berdi
Texnik nosozlik joriy yilning 15-aprel kuni ham kuzatilgandi
12:45 / 29.10.2024
Malaka toifasi uchun pul to'lab, arizasi rad qilinganlarga oxirgi imkoniyat berilmoqda
Bu haqda vazirlik tahririyatga ma'lum qildi
09:28 / 18.10.2024
Attestatsiya test sinovini boshqa kunga ko‘chirsa bo‘ladimi?
Test bo‘ladigan kunga to‘y marosimi to‘g‘ri kelib qoldi
22:20 / 13.10.2024
Malaka toifasi uchun to'lov qilgan ayrim o'qituvchilar pullariga “kuyib” qolyapti...mi?
Xalqtaliminfo.uz tahririyati holatni batafsil o'rgandi
12:12 / 10.10.2024
Izohingizni tahrirlang