Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga yanada katta imkoniyatlar taqdim qilinmoqda
Prezident farmonida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
Shuningdek, mazkur maktablarda:
- o‘quvchilarning yaratuvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan darslar tashkil etiladi;
- o‘quvchilarga amaliy loyihalarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish masalalarida ko‘mak ko‘rsatiladi;
- o‘quvchilar ishlab chiqarish jarayonlariga faol jalb etiladi hamda Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy laboratoriyalarda olib borilayotgan loyihalar bilan tanishtiriladi;
- o‘quvchilarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini rivojlantirish maqsadida “Yosh akademiklar” klublari tashkil etiladi.
Bunda:
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning o‘quv jarayoni 5 yillik dasturlar asosida STEM modeli bo‘yicha tashkil etiladi;
- muhandislik dasturlariga tanlov umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining matematika, mantiqiy fikrlash, informatika va muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha qobiliyati bor 6-sinf bitiruvchilari orasidan amalga oshiriladi;
- muhandislik ta’lim dasturlari “Yangi O‘zbekiston” universiteti bakalavriat ta’lim dasturlari bilan o‘zaro integratsiya qilinadi;
- muhandislik ta’lim dasturlarini lozim darajada o‘zlashtirgan bitiruvchilarga o‘z o‘qishini “Yangi O‘zbekiston” universiteti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichidan davom ettirish huquqi beriladi.
Farmonga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda:
- chet tilini bilish bo‘yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida o‘qitish amaliyoti joriy etiladi;
- matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar (science), informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darslarni chet tilida olib borgan o‘qituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 100 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi;
- Prezident maktablarining mahalliy o‘qituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.
Bunda, ustama pedagoglar tomonidan quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda to‘lanadi:
- Kembridj (Cambridge Assessment International Education) xalqaro ta’lim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni o‘qitish bo‘yicha 3 ta (Introductory, Extension, Marking) kursni muvaffaqiyatli tugatish va bu haqida tegishli sertifikat olish;
- Prezident maktablarida kamida 1 yillik ish stajiga va chet tilini bilish bo‘yicha kamida S1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish.
Farmonga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan Agentlik tizimidagi maktablarda o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning yangi tizimini joriy qilish maqsadida darsdan tashqari mashg‘ulotlar sifatida quyidagi mashg‘ulotlar tashkil etiladi:
- 5–8-sinflarda Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk sarkardalarimizning ibratli hayotini bugungi harbiylarimiz jasorati bilan bog‘lab, Vatan himoyachisi ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan;
- 9–11-sinflarda harbiy o‘yinlar va sport musobaqalarini o‘tkazish, o‘quvchilarning harbiylar bilan bevosita uchrashuvlarini tashkil etish orqali harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirish va harbiy xizmatga tayyorgarlik bosqichini o‘tashga yo‘naltirilgan;
- har yili o‘quvchilar o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy sport (“Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish) musobaqalari o‘tkaziladi;
- milliy an’ana va qadriyatlarni aks ettiradigan namunaviy maktab burchaklari tashkil etiladi;
- o‘quvchilarda axloqiy, ijtimoiy-hissiy va estetik didni rivojlantirish, tarixiy siymolar hayotini badiiy talqinda aks ettirish, milliy qadriyatlarni ulug‘lashga yo‘naltirilgan “Turon” teatr studiyasi faoliyati tajriba-sinov tariqasida yo‘lga qo‘yiladi.
2024/2025 o‘quv yilidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida:
- ijtimoiy va ijodiy faol, keng jamoatchilik o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan adiblar va jamoat arboblari ishtirokida mahorat darslari o‘tkaziladi;
- “Yosh tarjimonlar” klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
- “Matnshunoslik” darslari tashkil etiladi;
- har yili 2 marotaba o‘quvchilarning “Ijod bog‘idan guldasta” nomli to‘plamlarini nashr etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
- “Tasviriy san’at va chizmachilik” fani negizida “San’at” (ART) fani kiritiladi;
- 7–9-sinflarning “Texnologiya” fani doirasida robototexnika asoslari o‘rgatiladi.
- 2024/2025 o‘quv yilidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida badiiy adabiyot va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni saralashga qaratilgan ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi.
Har yili:
- “Mening birinchi kitobim” loyihasi doirasida har bir ijod maktabidan kamida ikki nafar o‘quvchining ijodiy ishlar to‘plami nashr etiladi;
- an’anaviy “Zomin seminari”da har bir ijod maktabidan kamida 5 nafardan ijodkor o‘quvchilarning ishtiroki ta’minlanadi.
- Har bir ijod maktabi “Turkiy adabiyot durdonalari” nomli 100 jilddan iborat kitoblar majmuasi bilan ta’minlanadi.
- Ijod maktablari oliy ta’lim muassasalari va O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalariga biriktiriladi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
E’zoza Karimova Namangan viloyati, Davlatobod tumanidagi 48-maktabda tashkil qilingan “Kelajak soati” doirasida “Muqaddas ayol” mavzusida dars o‘tdi.
Yangiliklar
Ilxom Siradjev yangi lavozimga tayinlangandan so‘ng ilk bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganiga 10 kun bo‘lgan Ilxom Siradjev ilk bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi.
Ta'lim siyosati
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qanday vazifalar belgilab berildi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Ta'lim siyosati
O‘zbekiston 12 yillik ta’limga qachon va qanday o‘tmoqchi?
O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish masalasi ayni vaqtda jamoatchilikning e’tibor markazida turibdi. Dastlab bu mavzu turli mish-mishlar va asossiz xabarlar fonida tilga olingan bo‘lsa, bugungi kunga kelib u ta’lim siyosatining aniq yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rsatilyapti.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang