Har bir maktabga mingta kitob berilmoqda
09:00 / 19.04.2024
3.31k
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududdagi har bir maktabga 1000 tadan kitob berish tashabbusi bilan chiqdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan Termiz shahrida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat sektori” faoliyatini “Surxondaryo tajribasi”ni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha surxon vohasidagi har bir maktabga, 1000 donadan jami 100 ming dona kitob jamlanmasi ajratilgan.

Har bir maktabga berilayotgan jamlanmalardan ilmiy va badiiy kitoblar o‘rin olgan. “Kitoblar karvoning asosiy maqsadi yosh avlodni kitobxonlikka keng jalb etish va maktablarni kerakli adabiyotlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan”, - deyiladi viloyat hokimligi bergan axborotda.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Surxondaryo viloyatida 960 ta maktablar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan 2023-yilda ham “Kitob karvoni”da 7-15 yoshdagi o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan 10 ming dona kitoblar umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga yetkazilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
14:50 / 24.02.2026
Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi
11:40 / 24.02.2026
Endi har payshanbada mas’ullar ta’lim tashkilotlariga borib, yoshlar bilan uchrashadi
09:00 / 21.02.2026
Qaysi toifadagi o‘qituvchilarga uy-joy ipoteka krediti uchun subsidiya berilishi aniq bo‘ldi
08:00 / 20.02.2026
Surxondaryo “oblono” boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi, uning o‘rniga esa yangi rahbar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi
Yangi o‘quv yiligacha eng yaxshi 100 ta asardan iborat kitoblar to‘plamini tayyorlab, barcha maktab va texnikumlarga yetkaziladi. Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi.
14:50 / 24.02.2026
Yangiliklar
8-sinf o‘quvchisi “Yosh kitobxon”da qatnashib, mashina yutib oldi
8-sinf o‘quvchisi Dilbarxon Haydarova 356,7 ball bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, “Chazor” elektromobilini qo‘lga kiritdi.
11:33 / 27.03.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang