Endilikda milliy sertifikatga ustama olish uchun pedagoglar necha ball yig‘ishi kerak?
12:20 / 21.04.2024
77.60k
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–134-sonli farmoniga ko‘ra, xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz, Milliy sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarga esa 20 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 28-iyuldagi qo‘shma qarori bilan esa 2023-2024 o‘quv yili davomida umumta’lim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama to‘lab beriladigan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangan.
Vazirliklar tomonidan imzolangan mazkur qo‘shma qarorda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan milliy sertifikat uchun bo‘lib o‘tadigan test sinovlarida fan o‘qituvchilari tomonidan kamida 80 ball (foiz), boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari esa 60 ball (foiz) to‘plagan taqdirda ularga 20 foizlik ustama to‘lab berilishi nazarda tutilgan.
Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 28-iyuldagi qo‘shma qarorida ustama olish uchun sertifikatning eng kam darajasi milliy sertifikat uchun 80 foiz yoki 80 ball ekanligiga ham aniq to‘xtalib o‘tilmagan. Chunki, avvalgi tartib bo‘yicha milliy sertifikatda yig‘ilgan ball, sertifikatdagi foiz ko‘rsatgichi bilan bir xil bo‘lgan. Ya’ni, talabgor 80 ball yig‘sa, uning foiz ko‘rsatgichi ham 80 foizni tashkil qilardi.
Hozirgi kunda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qarori bilan endilikda umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C, darajali sertifikatlar berilishi belgilandi.
Shuningdek, endilikda test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanishi belgilanib, unga ko‘ra:
- 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ daraja;
- 65 — 69,9 ball olgan talabgorga A daraja;
- 60 — 64,9 ball olgan talabgorga B+ daraja;
- 55 — 59,9 ball olgan talabgorga B daraja;
- 50 — 54,9 ball olgan talabgorga C+ daraja;
- 46 — 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.
Endilikda pedagoglarda haqli savol tug‘ilmoqda: Endilikda milliy sertifikatga ustama olish uchun endi pedagoglar necha ball yig‘ishi kerak? Chunki, yangi tartib bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan berilayotgan sertifikatda talabgor tomonidan yig‘ilgan ball va foiz ko‘rsatgichi bir-biridan farq qilmoqda va eng asosiysi endilikda sertifikat uchun darajalar belgilandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qo‘shma qarorida faqat 80 ball haqida so‘z borgan xolos. Demak, bu norma hozirgacha Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiqlashtirilmagan.
Shu sababli, qachonki Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023-yil 28-iyuldagi qo‘shma qarorga o‘zgartirish kiritib, o‘qituvchilarga qaysi darajadagi (A+, A, B+, B, C+, C) milliy sertifikatga 20 foizlik ustama to‘lanishi mumkinligi haqidagi hujjatni imzolasa, faqat shundagina tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarga qo‘shimcha ustamalar to‘lab berilishi mumkin deb hisoblaymiz.
O‘ylaymizki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bu masala bo‘yicha tezkor qaror qabul qiladilar.
Izohlar 24
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
11:10 / 03.04.2026
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
16:20 / 30.03.2026
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
12:36 / 30.03.2026
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
15:02 / 27.03.2026
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?
22:30 / 23.06.2024
Maqola
Milliy sertifikat imtihonlari: nega o‘qituvchi va o‘quvchi bir auditoriyada?
Tasavvur qiling: bir maktabda dars beradigan o‘qituvchi va uning o‘quvchisi yonma-yon test ishlamoqda. Bu holat ikki tomon uchun ham psixologik bosim tug‘dirmaydimi?
09:36 / 04.03.2026
Yangiliklar
O‘qituvchilarga ustama tayinlashga qanday tadbir va olimpiadalar uchun ball berilishi aniq bo‘ldi
2026-2027-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati tasdiqlandi.
00:01 / 15.02.2026
So'ragan edingiz
Maktab o‘qituvchilarga ham milliy sertifikatlarni olish uchun subsidiya beriladimi?
O‘qituvchilarga milliy sertifikatlarni olish uchun subsidiyalar ajratilishi haqida eshitgandim. Bu maktab o‘qituvchilariga ham taalluqlimi?
13:29 / 10.02.2026
O'zbek
Izohingizni tahrirlang