Top.Mail.Ru
Chet tili fani uchun ajratilgan haftalik oʻquv soatlari qanday taqsimlanadi?

Chet tili fani uchun ajratilgan haftalik oʻquv soatlari qanday taqsimlanadi?

08:00 / 02.05.2024 9.15k
Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 3-martdagi 94-sonli buyrug‘i bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2024-2025-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv reja tasdiqlandi.

Unga ko‘ra chet tili fani uchun ajratilgan haftalik oʻquv soatlari quyidagicha taqsimlanadi:

  • 1-sinfda 1 soatdan;
  • 2-4-sinflarda 2 soatdan;
  • 5-6-sinflarda 4 soatdan;
  • 7-10-sinflarda 3 soatdan;
  • 11-sinfda 2 soatdan oʻqitiladi.

2024-2025-oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich chet tili fani 5-9-sinflarda intensivlikni oshirish orqali oʻquvchilarda bazaviy bilim va nutqiy koʻnikmalar shakllantirish hamda 10-11-sinflarda akademik yozuv va soʻzlashish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratiladi.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida xorijiy (ingliz, nemis, fransuz va boshqa) tillardan birini chet tili fani sifatida oʻqitishda ota-onalarning talabi va oʻquvchilarning xohish-istaklari, shuningdek, taʼlim muassasasida ushbu fan boʻyicha malakali fanoʻqituvchisi mavjudligi inobatga olinishi lozim.

Bunda, umumiy oʻrta taʼlim muassasasining Kuzatuv kengashi 1-sinflarda ota-onalarning talabi va oʻquvchilarning xohish-istaklari asosida ular tomonidan tanlangan chet (ingliz, nemis, fransuz va boshqa) tillardan birini chet tili fani sifatida oʻqitish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan taʼlim muassasasining Pedagogik kengashiga murojaat qiladi. 

Ushbu murojaat taʼlim muassasasining Pedagogik kengashida muhokama qilinadi va kengashning ushbu fanni chet tili sifatida oʻqitilishi yoki asosli sabablari koʻrsatilgan holda oʻqitish imkoniyati yoʻqligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Mazkur qaror asosida chet (ingliz, nemis, fransuz va boshqa) tillardan biri umumtaʼlim maktabida yoki maʼlum bir sinfida chet tili fani sifatida oʻqitiladi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Dars taqsimoti
  • Xorijiy til

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

So'ragan edingiz

Maktabdagi dars soatlari qonuniy va adolatli taqsimlanganmi?

Biz, 1-toifali ikki nafar yosh o‘qituvchi, ko‘proq dars soati olishni so‘rashimiz mumkinmi? Shuningdek, ikkovimizda ona tili fanidan milliy sertifikat ham mavjud. Direktorimiz esa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ona tili fanidan olgan milliy sertifikati dars soatlarini taqsimlashda hech qanday ta’sir qilmasligini va uni inobatga olmasligini aytmoqda.

13:25 / 06.10.2026
Yangiliklar

B2 sertifikati yo‘q xorijiy til o‘qituvchilari hozircha maktabda ishlab turishi mumkin

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 29-sentyabrdagi 07-28-1983-sonli ko‘rsatma xatida qayd etilishicha, ayni vaqtda talab darajasidagi tegishli sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘z mehnat faoliyatini davom ettirib turishlari mumkin.

11:04 / 30.09.2026
So'ragan edingiz

O‘qituvchi bir nechta ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, ko‘proq dars oladimi?

Dars taqsimotida milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat birinchi va ikkinchi malaka toifasiga nisbatan yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi belgilangan ko‘rsatkichlarning bir nechtasiga ega bo‘lganda, ko‘rsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanadi.

23:43 / 28.09.2026
So'ragan edingiz

Pensiyaoldi yoshidagi, o‘rta-maxsus ma’lumotli pedagogni ishdan bo‘shatish to‘g‘rimi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirning 2025-yil 23-oktabrdagi 398-sonli buyrug‘i bilan sinf rahbarlariga qo‘yilgan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lish talabi butunlay bekor qilingan.

09:23 / 24.09.2026