Dekret ta’tiliga chiqayotgan o‘qituvchiga ustama tayinlasa bo‘ladimi?

09:00 / 24.05.2024
5.74k
Savol
Bir ustozimiz yillik yutuqlari asosida ustamaga hujjat tayyorlayaptilar. Lekin 15-iyunda 4 oylik dekret ta’tiliga chiqadilar. Keyin ishga chiqmoqchilar. Kelasi yil uchun ustamaga hujjatlarini taqdim etsalar bo‘ladimi?
Javob
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra har yili 1-iyulga qadar umumta’lim muassasasining har bir pedagog xodimlar faoliyati baholanadi va navbatdagi o‘quv yili uchun yuqori natija ko‘rsatgan pedagog xodim bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama miqdorini belgilanadi.
Nizomning 21-bandiga ko‘ra umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.
Pedagog xodimlarga belgilangan ustamalar ularning tarifikatsiya ro‘yxatida ajratilgan dars soatlariga (o‘qituvchining tarif stavkasiga) mutanosib ravishda to‘lanadi.
Dekret ta’tiliga chiqayotgan o‘qituvchiga ustama tayinlasa bo‘ladimi?
Mehnat kodeksi 404-moddasiga ko‘ra, ayolga tug‘ruqqacha 70 kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin 56 kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda 70 kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.
Shuningdek, xodimga homiladorlikning 30-haftasidan boshlab bir yo‘la 126 kalendar kunlik homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.
Tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda homiladorlik va tug‘ish ta’tilini uzaytirish uchun tug‘ruq muassasasi tomonidan yana 14 kalendar kuniga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Shuningdek, Mehnat kodeksining 405-moddasiga ko‘ra, ayollarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili beriladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, xodim istagan vaqtida bolani parvarishlash ta’tilidan qaytish huquqiga ega.
Agar xodim homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan so‘ng ishga qaytadigan bo‘lsa, odatdagidek ish faoliyatini davom ettiraveradi.
Ya’ni, ushbu vaziyatda dekret ta’tiliga chiqib ketayotgan xodimning o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha faoliyati baholanib, unga ustama tayinlash mumkin.
Faqat xodim ushbu ustamani homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan so‘ng ishga qaytgan taqdirdagina olishni boshlaydi. Ustama tayinlangach, xodim bir yil muddat ichida bolani parvarishlash ta’tilidan qaytmasa, qonunchilikka muvofiq xodimga tayinlangan ustama o‘z-o‘zidan bekor bo‘ladi.
Izohlar 11
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

18:50 / 27.06.2025
Barcha hududiy boshqarma boshliqlariga BYD avtomobili berildi

20:35 / 26.06.2025
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi

11:29 / 26.06.2025
Toshkentdagi 3 ta maktabga 1 milliardga yaqin pul ajratildi

18:24 / 24.06.2025
Xalq ta’limi Info tahriryati rahbari Bolalar ombudsmani bilan uchrashdi
Mavzuga doir yangiliklar

Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?
22:30 / 23.06.2024

Ustama uchun ball berishda qilingan ishlar veb-saytda ham yoritilishi kerakmi?
Maktab Ishchi guruhi ustama uchun qilingan tadbirlarni qabul qilmadi. Ular veb-saytlarda yoritilmagan tadbirlar qabul qilinmaydi, deb aytyapti. Shu to‘g‘rimi?
17:41 / 16.06.2025

2024-yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun ball berilishi rasman taqsdiqlandi
Joriy yil 16-fevral kuni ko‘pchilik pedagog xodimlardan malaka oshirganlik uchun pedagoglarga ustama uchun ball berilishi borasida murojaatlar kelib tushgani bois, bu haqda ma’lumot berib, vaziyatga to‘liq sharh bergandik.
00:14 / 20.06.2025

Maktab miqyosida ommalashtirilgan ish platformaga joylanmasa ustama uchun ball beriladimi?
Metodik ishni platformaga joylashtirish sharti faqatgina keyingi bosqichlar uchun belgilangan qoida hisoblanadi.
22:00 / 08.06.2025
Izohingizni tahrirlang