Bu yil umumta’lim maktablarini 399 ming 499 nafar bitiruvchilar tamomladi

13:00 / 28.05.2024
2.58k
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmatining xalqtaliminfo.uz tahririyatiga taqdim etgan ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 10 182 ta davlat umumta’lim maktablarini 399 ming 499 nafar 11-sinf bitiruvchilari tamomlagan.
Statistika agentligi taqdim etgan ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 11-sinfni respublika bo‘yicha jami 414,6 ming nafar o‘quvchi tamomlaganini ko‘rishimiz mumkin.
Chunki, Statistika agentligi ma’lumotlarida boshqa vazirlik va tashkilotlar tasarrufidagi ta’lim muassasalari (Mudofaa vazirligining “Temuriylar maktabi”, Madaniyat vazirligining “Успенский” maktabi, Badiiy akademiyaning K.Behzod nomidagi maktab, Sport va Madaniyat vazirliklarining maktablari va boshqalar) hamda nodavlat ta’lim muassasalari bitiruvchilari ham kiritilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 25 ming 259 nafar o‘quvchiga a’lo darajali shahodatnoma berilgan. Maktabning 14 ming 778 nafar iqtidorli bitiruvchisi oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan. (shundan 12620 nafari oltin va 2158 nafari kumush medal).
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

11:38 / 21.06.2025
Ta’lim muassasalarida uzoq yillardan buyon rahbarlik lavozimini hech kimga bermay kelayotgan shaxslar tanqid qilindi

16:26 / 20.06.2025
Vazirlikning iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan “Maktab avtobuslari” sotib olindi

00:14 / 20.06.2025
2024-yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun ball berilishi rasman taqsdiqlandi

08:25 / 19.06.2025
“O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazib qo‘yish uchun 10 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ yig‘ilgan” — DXX
Mavzuga doir yangiliklar

Oddiy maktablarda taqiqlangan “Bitiruv oqshomi” Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi maktablarda o‘tkazilgani aytilmoqda
Oddiy maktablarga “Bitiruv oqshomlari”ni o‘tkazmaslik bo‘yicha qat’iy ko‘rsatma bergan bir vaqtda ayrim Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda kunning kechki vaqtida “Bitiruv oqshomlari” o‘tkazilgani haqida xabar tarqaldi.
13:40 / 25.05.2025

5-sinf o‘quvchisi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiriga mashina haydab bordi, ayrim o‘quvchilar spirtli ichimlik ichgan
24-may, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni o‘quvchilar tomonidan avtomobil boshqarish bilan bog‘liq 256 ta holat aniqlandi. Achinarlisi, o‘quvchilar orasida ushbu tadbirga spirtli ichimliklar iste’mol qilib borganlari ham topildi.
15:39 / 24.05.2025

Bu yil maktablarini 450 mingdan ortiq o‘quvchi tamomladi
2024/2025-o‘quv yilida 10 146 ta umumta’lim maktabining 9-sinfini 632 946 nafar, 11-sinfini 451 073 nafar o‘quvchi tamomladi.
13:22 / 24.05.2025

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlariga 27 mingdan ortiq IIV xodimlari jalb etiladi
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlashga jami 27 mingdan ortiq IIV, Milliy gvardiya, FVV xodimlari va harbiy xizmatchilari jalb etiladi.
11:29 / 23.05.2025
Izohingizni tahrirlang