O‘z hisobidan ta’til olgan o‘qituvchining “otpuska puli” kamayadimi?

06:00 / 21.06.2024
4.01k
Savol
Bir o‘qituvchi 2023-yil 6-iyundan mehnat ta’tiliga chiqib, 1-avgustda ishga qaytishi kerak edi. Biroq Rossiyaga davolanish uchun ketib, o‘z hisobidan ta’til olgan va 10-oktyabrda ishga qaytgan.
Buxgalter oktyabr oyidan may oyigacha bo‘lgan 8 oyni hisoblab, 32 kunlik mehnat ta’tili puli chiqardi. 20-iyundan mehnat ta’tiliga chiqadi. Shunda o‘rtadagi 20 kun hisoblanmaydimi?
1-avgustdan to 10-oktyabrgacha bo‘lgan o‘z hisobidan ta’til olgan o‘qituvchiga mehnat ta’til puli qanday hisob qilinadi?
Buxgalter oktyabr oyidan may oyigacha bo‘lgan 8 oyni hisoblab, 32 kunlik mehnat ta’tili puli chiqardi. 20-iyundan mehnat ta’tiliga chiqadi. Shunda o‘rtadagi 20 kun hisoblanmaydimi?
1-avgustdan to 10-oktyabrgacha bo‘lgan o‘z hisobidan ta’til olgan o‘qituvchiga mehnat ta’til puli qanday hisob qilinadi?
Javob
Mehnat kodeksining 226-moddasiga ko‘ra, 2 haftadan oshgan ish haqi saqlanmaydigan ta’til kunlari mehnat ta’tili olishga huquq beruvchi ish stajiga kiritilmaydi.
Aynan shu kunlar soniga ish yilining tugash sanasi suriladi. MK 225-moddasiga ko‘ra, agar ushbu Kodeksning 226-moddasiga muvofiq ish yiliga kiritiladigan davrlarning summasi to‘liq 12 kalendar oydan kam bo‘lsa, xodimning ish yili yetishmayotgan vaqtga suriladi.
Aynan shu kunlar soniga ish yilining tugash sanasi suriladi. MK 225-moddasiga ko‘ra, agar ushbu Kodeksning 226-moddasiga muvofiq ish yiliga kiritiladigan davrlarning summasi to‘liq 12 kalendar oydan kam bo‘lsa, xodimning ish yili yetishmayotgan vaqtga suriladi.
Misol: Xodimning ish yili 2023-yil 9-iyulda boshlangan. Tegishincha, u 2024-yil 8-iyulda tugashi kerak edi. Biroq ish yili davomida xodimga davomiyligi 60 kun bo‘lgan ish haqi saqlanmaydigan ta’til berildi.
Uning ish yili tugashi 46 kalendar kunga (60 – 14) suriladi va 2024-yil 23-avgustda tugaydi. Tegishincha, keyingi ish yili 9-iyuldan emas, balki 2024-yil 24-avgustdan boshlanadi.
Shu yerda o‘qituvchilar yozda ta’tilga chiqishadi-ku, ularning ish yilini qanday qilib suramiz, degan savol tug‘iladi. Lekin mehnat qonunchiligida ish yilini surishda pedagog xodimlar uchun alohida istisno mavjud emas. MK 227-moddasi 6-qismiga chalg‘imaslik lozim.
Bu qoida 1-ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tilini berish tartibiga taalluqli, ish yilini surishga aloqasi yo‘q. Bundan tashqari pedagog xodim faqat yozda ta’tilga chiqsin degan qat’iy talab yo‘q!
Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, ish haqi saqlanmagan ta’tilga chiqqan (bu holat bola parvarish ta’tiliga chiqqan xodimlarga ham taalluqli) pedagogning har yilgi mehnat ta’tili pulini kamaytirish g‘ayriqonuniy.
Bu holatda pedagog xodimlarga ta’til pulini avans hisobida to‘liq beraverish kerak (agar 1-ish yili bo‘lsa MK 227-moddasi qoidalariga rioya qilish kerak). Unda pedagog ishdan bo‘shab ketsa-chi, qarzga olgan ta’tili nima bo‘ladi? Bu holatda MK 269-moddasini ishga solamiz!
Ish beruvchi har yilgi mehnat ta’tilini avans hisobida bermasa-chi, bu holatda MK 225-moddasi talabi bo‘yicha xodimning ish yilini surish kerak!
Lekin bu ham ish beruvchilarga ma’qul kelmaydi, chunki bu holatda o‘qituvchi ayni o‘quv yili boshlanganda ta’tilga chiqishi mumkin bo‘ladi-da.. Ish beruvchi bunga ham ko‘nmaydi. Shuning uchun eng yaxshi yo‘li, xodimga avans hisobida ta’til berishdir.
Mehnat huquqiga oid maqolalarni Mehnat huquqi telegram kanalida ham kuzatib boring.
Mehnat huquqiga oid maqolalarni Mehnat huquqi telegram kanalida ham kuzatib boring.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

12:44 / 29.05.2025
“Qizil” maktablar ro‘yxati tasdiqlandi

12:36 / 28.05.2025
Bir kunning o‘zida 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi

23:34 / 26.05.2025
Harbiylashgan maktabga aylantirilgan “Jasorat maktab”lariga iyun oyidan qabul boshlanadi

10:28 / 28.05.2025
Uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyada qatnashmaganlar uchun test sinovlari qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar

Ayrim toifadagi o‘qituvchilar 60 kalendar kunlik ta’tilga chiqsa bo‘ladimi?
56 kun yillik yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili olish huquqiga ega bo‘lgan 12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolasi bo‘lgan pedagog xodim MK 401-moddasidagi 4 kalendar kun ta’tilni olishga haqlimi?
00:02 / 14.05.2025

Ish haqi saqlanmaydigan ta’til haqida nimalarni bilasiz?
Ushbu maqolada ish haqi saqlanmaydigan ta’til tushunchasi haqida so'z boradi
16:00 / 16.12.2024

Intervyu
56 kalendar kun yoki 48 ish kunidan iborat mehnat ta’tilining asosiy farqi nimada?
16:20 / 07.07.2023

Sentyabrda ishga kirgan o‘qituvchiga necha kunlik "otpuska puli" chiqadi?
Pedagog xodimga ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘langan holda ta'til beriladi.
21:50 / 08.07.2024
Izohingizni tahrirlang