Yangi o‘quv yilidan B2 darajadagi sertifikati bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari maktabda ishlay olmaydimi?
Savol
Men ingliz tili fani o‘qituvchisiman, yanvar oyida dekretga chiqdim, TKT sertifikatim borligi uchun 50 %ustama oldim. Yangi qarorlarga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan B2 sertifikati ishda qolish uchun majburiy ekan.
TKT ishda qolish sertifikati qatoriga kiritilmagan, faqat ustama beriladigan sertifikatlar qatorida bor, shu vaziyatda men sentyabr oyidan ishga qaytsam, B2 sertifikatim yo‘q bo‘lsa ishlay olamanmi yoki yo‘q?
Javob
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021-yildagi PQ-5117-sonli Qarorida 15 ta milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind tillari) xorijiy til sifatida ko‘rsatilgan.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-sonli qarori 9-bandiga ko‘ra, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilandi.
2022/2023-o‘quv yilida maktablarda xorijiy tillar o‘qituvchilari yetishmaganligi sababli, B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan chet tili fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilinmaslik xususidagi talab 2023/2024-o‘quv yilidan kuchga kirishi belgilangan.
2024-2025 o‘quv yiliga qadar esa maktablarda faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi qo‘yilishi belgilangan.
Demak, endilikda maktabda ishlayotgan boshqa xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi shart.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi maktablarda “Kelajak” markazlarining tarmoq to‘garaklari tashkil qilinadi
Maktablarning haqiqiy ahvoli ochiqlandi
2026-yilda ham darsliklar ijarasi bepul bo‘ladi, 106,4 mln dona nusxa darslik va mashq daftarlari chop etiladi
Ta’lim muassasalari yong‘in xavfsizligi uchun budjetdan qachon pul ajratiladi?
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
B2 sertifikati muammosi yana kun tartibida
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ayni mavzu muhokamasiga mehnat huquqi sohasi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarni vazirlikka taklif qilib, masalani muhokama qildi.
Yangiliklar
Xorijiy til o‘qituvchilarining xursand bo‘lishiga hali erta...mi?
B2 sertifikatga ega bo’lmagan pedagoglarga 2025-yil yakuniga qadar (joriy oʻquv yilining 1-, 2-choraklari davomida) oʻz mehnat faoliyatlarini davom ettirishga ruxsat berildi. Ammo...
Yangiliklar
Xorijiy til o‘qituvchilariga B2 sertifikati uchun avgust oyida qo‘shimcha imtihon o‘tkaziladigan bo‘ldi
Bilimni baholash agentligi tomonidan joriy yil sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan chet tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari avgust oyida ham o‘tkazilishi belgilandi.
Yangiliklar
“B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatish haqida ko‘rsatma bermaganmiz” — vazirlik
Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xorijiy til o‘qituvchilariga 2025/2026-o‘quv yiliga qadar B2 darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lish lozimligi haqida qat’iy ogohlantirish bergandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang