Top.Mail.Ru
Menejerlik sertifikatini olgan CHQBT fani o‘qituvchisiga ham 30 foizlik ustama to‘lanadimi?

Menejerlik sertifikatini olgan CHQBT fani o‘qituvchisiga ham 30 foizlik ustama to‘lanadimi?

14:24 / 11.07.2024 7.13k

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qarori bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq ChQBT fani o‘qituvchisi lavozimiga ko‘ra ta’lim muassasasi direktorining o‘rinbosariga tenglashtirilgan.

Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 1-apreldagi 105-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim maktabi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarida ham ChQBT fani o‘qituvchilari – Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari sifatida qayd etilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori bilan esa 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab direktori o‘rinbosarlariga 30 foiz miqdorda lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lanishi belgilangan.

Xo‘sh, unda ChQBT fani o‘qituvchilari menejerlik o‘quv kurslarida o‘qib sertifikat olsa, ularga ham 30 foizlik ustama beriladimi?

Birinchi navbatda shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qarori bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra ChQBT fani o‘qituvchisi lavozimiga ko‘ra ta’lim muassasasi direktorining o‘rinbosariga tenglashtiriladi, ammo ta’lim muassasasida ushbu fan o‘qituvchilari soni shtat bo‘yicha ikki nafar bo‘lgan taqdirda, ulardan ish staji va tajribasi ko‘p bo‘lgan ChQBT o‘qituvchisi lavozimi bo‘yicha direktor o‘rinbosari hisoblanadi.

Shu sababli, menejerlik o‘quv kurslarida o‘qib, sertifikat olgan Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga 30 foizlik ustama to‘lab beriladi deb hisoblaymiz.

Eslatib o‘tamiz, mazkur masala bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari bilan ham muzokaralar olib borildi. Shundan so‘ng, vazirlik mas’ullari ham menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga 30 foizlik ustama to‘lab berilishini tasdiqlashdi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • menejerlik
  • Harbiy tayyorgarlik o‘qituvchisi

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Yangiliklar

Vazirlik ixtisoslashtirilgan maktab direktori o‘rinbosarlariga menejerlik sertifikati uchun ustama to‘lash bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Avvalroq, ixtisoslashtirilgan maktabda faoliyat yuritayotgan ayrim direktor o‘rinbosarlariga menejerlik sertifikati uchun ustama to‘lanmayotgani, ayrim hududlarda esa mazkur ustamalar to‘xtatib qo‘yilgani yuzasidan kelib tushgan murojaatga qonuniy asoslar orqali javob bergandik.

17:20 / 08.04.2026
Maqola

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga direktorlarni tayinlash tizimini rivojlantirish mexanizmlari

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimga tayinlash tartibining evolyutsion jarayoni tahlil qilinadi. Xususan, kuzatuv kengashlari, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tavsiyasi asosida direktorlarni tanlash amaliyoti va uning institutsional kamchiliklari, shuningdek Direktorlar kengashi tavsiyasi asosida nomzodlarni baholash tizimining joriy etilishi yangi mexanizm sifatida samaradorlik, shaffoflik va adolat tamoyillari ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi.

13:44 / 24.09.2025
Yangiliklar

Endi CHQBT rahbarlariga ham 20 foizgacha ustama to‘lanadi

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari va “Jasorat maktablari” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi.

22:45 / 10.11.2025
Maqola

Maktab direktorlari boshqaruv samaradorligini baholashning huquqiy-me’yoriy asoslari

Mazkur maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida maktab direktorlari boshqaruv samaradorligini baholashga oid amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi.

10:29 / 25.09.2025