“Ta’lim haqida hamma yaxshi gaplarni gapiradi, ammo davlat eski texnologiyalardan foydalanmoqda” – Ahmed al-Bastaki

Toshkentda parlament saylovi oldidan xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi o‘tkazilmoqda. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
Unda turli idora va vazirliklardan rasmiylar ishtirokida davra suhbatlari rejalangan. Tadbirlarda 300 dan ortiq xorijiy mehmonlar qatnashadi, - deydi tashkilotchilar.
Spikerlar orasida xalqaro ta’lim tashkilotlari vakillari, ekspertlar ham bor. BAA milliy maktablari tashkiloti rahbari Ahmed al-Bastaki fikricha, O‘zbekistonda hamma ta’lim haqida yaxshi gaplarni gapiradi. Lekin davlat tizimda eski texnologiyalardan foydalanmoqda, ularni biroz zamonga moslash kerak. Ta’lim dasturlarini esa yangilash lozim, deydi u.
- Siz O‘zbekiston ta’lim tizimi bo‘yicha biror nimani tahlil qildingizmi?
- “Ha, masalan, xalqaro imtihonlar kabi tizim qilishdi, bu ta’lim sifati uchun yaxshi. Bugun men o‘qituvchilar uchun treningda ham qatnashdim, bu bir institutda bo‘ldi. Fikrimcha, yaxshi ta’lim yaxshi o‘qituvchidan boshlanadi. O‘qituvchi sifatli bo‘lsa, ta’lim sifati ham oshadi”, - deydi Bastaki.
- Xo‘sh, qaysi real muammoni ko‘rsata olasiz?
- “Eski texnikalardan foydalanyapsizlar, ikkinchidan, hozir bor dasturni yangilash kerak deb o‘ylayman. Chunki dunyo ancha ilgarilab ketdi. Masalan, sun’iy intellekt haqida ham bosh qotirishingiz kerak. Chunki yosh avlod kelajak haqida ko‘proq bilishi kerak. Ular 10 yildan keyin nima qiladi, qayerda ishlaydi, degan savollarga javob topish kerak”, - deya qo‘shimcha qiladi BAA vakili.
Ta’lim transformatsiyasi haqidagi muloqotda qatnashgan vazir Umarova O‘zbekistonning ta’lim siyosati xususida tushuntirish berib o‘tdi. Maqsadimiz sifatli ta’lim, deydi u.
“O‘zbekiston aholisining 50% dan ortig‘ini yoshlar tashkil qiladi. Maktablarda esa 8,7 million nafar o‘quvchilar o‘qimoqda. Maktabgacha ta’lim qamrovi esa 75% ga yetdi”, - deydi hukumat a’zosi.
Hilola Umarova shuningdek, o‘qituvchilarning til bilish darajasi ortib borayotganini alohida e’tirof etdi. Vazirga ko‘ra, 4 yilda xorijiy tillarni bilish sertifikatiga ega ustozlar soni 1 700 nafardan 28 mingdan ortiqqa oshgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga ko‘ra, ayni paytda 6 mingga yaqin o‘qituvchilar 10 million so‘m maosh olishmoqda. Talablarimiz bir xil, deya qo‘shimcha qiladi Umarova.
Lekin ikkinchi tomonda bu tendensiyaning kuchayishi tabaqalanishni keltirib chiqarmaydimi? Vazir o‘rinbosari Sardor Rajabovga ko‘ra, bu tabaqalanish emas. Chunki prezident va ixtisoslashgan maktablari uchun pul to‘lanmaydi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Toshkentdagi 3 ta maktabga 1 milliardga yaqin pul ajratildi

Xalq ta’limi Info tahriryati rahbari Bolalar ombudsmani bilan uchrashdi

Bu yil 1000 nafar o‘qituvchiga vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi

Ta’lim muassasalarida uzoq yillardan buyon rahbarlik lavozimini hech kimga bermay kelayotgan shaxslar tanqid qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Ta’lim inspeksiyasi tashkiloti yana qaytmoqdami?
Vazifalari sobiq Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga o‘xshash bo‘lgan Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘lajak pedagog kadrlarni ham o‘zi tayyorlamoqchi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vazirligi oliy ta’limni ham qamrab olmoqda. Respublikadagi jami 13 ta pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga o‘tkazilmoqda.

Gulnora Karimova o‘zlashtirgan pullardan ta’limga ham yo‘naltirilmoqda
Shveysariya hududida musodara qilingan noqonuniy aktivlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga yo‘naltirilmoqda.

Ikki mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti
Aholi o‘sishi hisobiga, maktablarga ehtiyoj ham ortib borishi inobatga olinib, Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb etib, hududlarda 58 ta zamonaviy maktab qurilishi aytildi.
Izohingizni tahrirlang