Norvegiyada ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanmoqda
Norvegiya hukumati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun qat’iy yosh cheklovini joriy etishni rejalashtirmoqda. Endi ulardan 15 yoshdan kichik bolalar foydalana olmaydi.
Mamlakat Bosh vaziri Yonas Gar Styorening aytishicha, siyosatchilar bolalarni ijtimoiy tarmoqlardagi zararli kontentdan va algoritmlar hukmronligidan himoya qilish uchun bunga aralashishlari zarur. Skandinaviya davlatida allaqachon minimal yosh chegarasi mavjud — 13 yosh. Shunga qaramay, o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, to‘qqiz yoshli bolalarning yarmidan ko‘pi, 10 yoshlilarning 58 foizi va 11 yoshlilarning 72 foizi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqda.
Ma’lumot uchun, Norvegiya ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha yosh chegarasini o‘rnatayotgan birinchi davlat emas, jumladan, sentyabr oyida Avstraliya hukumati bolalarni onlayn tahdidlardan himoya qilish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlayotganini e’lon qilgandi. Mamlakatda bolaga internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat beriladigan minimal yosh belgilanishi mumkin.
Bunday yosh hali aniqlanmagan. Bosh vazir Entoni Albanezening so‘zlariga ko‘ra, hukumat 14−16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning Instagram va TikTok’dan foydalanishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda, uning o‘zi esa minimal yoshni 16 yosh qilib belgilashni ma’qul ko‘radi.
Fransiyada bo‘lsa, 15 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun maktabda mobil telefonlarni taqiqlash sinovdan o‘tkazilmoqda. Muvaffaqiyatli bo‘lsa, u yanvar oyidan boshlab butun mamlakat bo‘ylab joriy etilishi mumkin.
2015-yil oxirida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida shunga o‘xshash taqiqni joriy etishga harakat qilishgan, biroq internetda voyaga yetmaganlarning huquqlari cheklangani haqidagi shikoyatlar tufayli loyiha qabul qilinmay qolgandi
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ayrim maktablar elektromobil bilan, o‘qituvchilar esa xorijga sayohat hamda 1000 AQSh dollar bilan taqdirlanadi
Hilola Umarovaga pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi
2025-yilda sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar o‘quvchining ota-onasiga jarima solindi
2025-yilgi attestatsiyada 60 foizdan ortiq o‘qituvchi o‘tolmagani ma’lum bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Yana ikkita mamlakat hukumati bolalarga ijtimoiy tarmoqni taqiqlamoqchi
Endilikda Malayziya hamda Daniya hukumati ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
Maqola
O‘zbekiston maktablarida mobil telefonlardan foydalanish 13 yil avvalgi norma bilan tartibga solinmoqda
O‘zbekiston Hukumati ta’lim muassasalarida mobil telefondan foydalanishning yangi tartibini joriy qilish bo‘yicha yangi taqiqlar joriy etishni o‘ylab ko‘rganicha yo‘q.
Xorij ta'limi
Bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish butunlay taqiqlandi — Avstraliya
Dunyoda birinchi bo‘lib Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish rasman taqiqlanadi.
Yangi Zelandiya
Yangi Zelandiya ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
Mamlakat parlamenti o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqchi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang