Maktab kiyinish xonasida fohishaxona tashkil qilingani aniqlandi
Buxorodagi ta’lim muassasalarining birida qorovul 60 ming so‘m evaziga maktab kiyinish xonasida fohishaxona tashkil qildi. Unga ushbu qilmishi uchun 1 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi 38-sonli umumta’lim maktabida qorovul maktab sport zalining kiyim almashtirishga mo‘ljallangan xonasida intim aloqa qilish uchun ijaraga berib kelgani aniqlandi. Sud qarori bilan tanishib chiqqan Bugun.uz nashri bu haqda xabar berdi.
Sud hujjatida keltirilishicha,, ushbu xizmat uchun u mijozlardan 60 ming so‘m pul olgan. Maxsus tadbirlar natijasida huquqni muhofaza qilish idoralari ushbu faoliyatni to‘xtatish uchun chora ko‘rishdi. Qorovul yosh juftlik bilan xonani ijaraga berish bo‘yicha kelishib, pul olayotgan vaqtida ushlangan.
Sud jarayonida ayblanuvchi o‘z aybini to‘liq tan oldi. Shofirkon tuman sudi unga O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi bo‘yicha ayblov taqdim qilib, bir yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.
Ma’lumot uchun, ozodlikni cheklash — sud tomonidan aybdorga nisbatan yashash joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashdan iborat.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Toshkent shahar MMTB boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yibgan ota besh sutkaga qamaldi.
Yangiliklar
Qimor o‘ynagan MMTB boshlig‘i va direktorlar jarimga tortildi
Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida olti nafar ta’lim sohasi xodimi choyxonada qimor o‘ynab o‘tirgan paytda ushlanib, ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Yangiliklar
Tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga pora so‘ragan MMTB boshlig‘i qo‘lga tushdi
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga, uning rahbaridan 4,8 mln so‘m miqdorida pora talab qilgan.
Yangiliklar
Samarqand “oblono” boshlig‘i ishdan olindi
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbari Muzaffar Hamdamov aslida iqtidorli o‘quvchilar yuborilishi kerak bo‘lgan “Alvon yelkanlar” bayramiga o‘z o‘g‘li va jiyanini qo‘shib yuborgani uchun ishdan olindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang