O‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha Ozarbayjon bilan qo‘shma loyihalar tashkil etiladi

13:51 / 14.11.2024
1.57k
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Ozarbayjon Respublikasi fan va ta’lim vaziri Emin Amrullayev bilan uchrashdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston va Ozarbayjon ta’lim vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bayonnoma ham imzolangan.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvga erishildi:
- O‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha treninglar va qo‘shma loyihalar tashkil etish;
- Ta’lim dasturlari va o‘quv materiallarini ishlab chiqish bo‘yicha tajriba almashish;
- Xalqaro STEAM festivali doirasidagi hamkorlikni davom ettirish va O‘zbekistonda STEAM markazini tashkil etish;
- Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Ozarbayjon Davlat Pedagogika universitetida pedagogik kadrlar almashinuvi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- O‘zbekiston Respublikasining gospital ta’limi bo‘yicha, xususan “Mehrli maktab” tajribasini o‘rganish;
- Bilimlarni baholash tizimlari va raqamli ta’lim platformalari haqida ma’lumot almashish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni mustahkamlovchi “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

10:37 / 18.02.2025
“Pravasiz” avtomobil boshqargan o‘quvchi YTH oqibatida vafot etdi

14:51 / 17.02.2025
Maktabga bormay sotuvchilik qilib yurgan o‘quvchi oradan ikki oy o‘tib nazoratga olindi

12:31 / 15.02.2025
Fuqarodan jabr ko‘rgan o‘qituvchiga sog‘ligini tiklab olishi uchun yo‘llanma beriladigan bo‘ldi

10:00 / 15.02.2025
Nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun pul mukofoti 5 baravar oshiriladi
Mavzuga doir yangiliklar

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti 90 yilligi: Xalqaro konferensiya qanday o‘tdi?
Institutda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
00:54 / 17.11.2024

Bog'chalarda fransuz tili o'qitiladi
Vazirlik bog‘chalarda fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi
14:43 / 07.10.2024
Izohingizni tahrirlang