Endi musiqa fani o‘qituvchilari toifa olish uchun Madaniyat vazirligi imtihonidan ham o‘tadi
Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilariga ikki bosqichda toifa berish tartibi ishlab chiqiladi va birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy (ijodiy) imtihon Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etiladi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilmoqda.
Qarorga ko‘ra:
2025-yil 1-martdan boshlab:
- Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari uchun nazariy va amaliy ta’lim asosida malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
2025-yil 1-sentyabrdan boshlab:
- Bolalar musiqa va san’at maktablarining belgilangan o‘quv dasturlarini to‘liq yakunlagan, 11-sinfni tugatganligi to‘g‘risida umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega bo‘lgan bitiruvchilarga “Barkamol avlod” bolalar maktablarida to‘garak rahbari sifatida ishlash huquqi beriladi.
2025/2026-o‘quv yiliga qadar:
- Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari uchun bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.
2025-yil 1-apreldan boshlab:
- “Turon maktab teatri”ning ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalari tashkil etilib, jamoalar o‘rtasida “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari xorijiy davlatlarga ta’lim sayohatiga yuboriladi.
Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:
- maktablarning musiqa madaniyati fani o‘qituvchilariga uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Bolalar musiqa va san’at maktablari tayanch sifatida belgilanadi;
- Bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari maktablarning musiqa madaniyati fani o‘qituvchilariga uslubiy yordam ko‘rsatib boradi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Prezident qarori bilan tashkil etilgan Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutiga rahbar tayinlandi
Farg‘onada attestatsiya test savollarini rasmga olib tarqatgan o‘qituvchi aniqlandi
Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
Toshkentda Markaziy Osiyo taʼlim forumi ish boshladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama uchun ball beradimi?
Qo‘shimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi.
So'ragan edingiz
Haj safari sababli attestatsiyada qatnasha olmagan o‘qituvchilar uchun imkoniyat beriladimi?
Uzrli sabablarga ko‘ra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kunlar Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan e’lon qilinadi.
Yangiliklar
Farg‘onada attestatsiya test savollarini rasmga olib tarqatgan o‘qituvchi aniqlandi
Mazkur holat yuzasidan Pedagogik mahorat va xalqaro baholaş ilmiy-amaliy markazi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish natijasida Farg‘ona viloyatidagi 26-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi X.N.K. ruxsat etilmagan maxsus qurilma yordamida test savollarini suratga olgani aniqlandi.
Yangiliklar
Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
Taʼlim va ilm-fan vazirligining xalqtaliminfo.uz'ga ma’lum qilishicha, bu yil sinovlarda qatnashish istagini bildirgan pedagoglardan 302 ming 422 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 16 ming 604 tasi, yaʼni 5,5 foizi navbatdagi majburiy attestatsiyaga, qolgan 285 mingdan ortigʻi esa navbatdan tashqari attestatsiyaga tegishli.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang