O‘qituvchilarga sifatsiz noutbuklar xarid qilingani uchun bosh vazir jazolandi — Qirg‘iziston

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bosh vazir Oqilbek Japarov va yana bir qancha mansabdor shaxslarga o‘qituvchilar uchun sifatsiz noutbuklar xarid qilingani uchun hayfsan berdi.
Oqilbek Japarov va uning o‘rinbosari Edil Baysalov “Ta’lim vazirligi tomonidan umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun sifatsiz noutbuklar xarid qilish vaqtida o‘zlariga yuklangan xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaganliklari uchun” hayfsan bilan jazolangan.
Shuningdek, ta’lim va fan vaziri Dog‘durqul Kendirboyeva, vazir o‘rinbosari Lira Samiqboeva, Prezident Administratsiyasining bo‘lim mudiri Jiparisa Risbekova, Prezident qarorlarini tayyorlash bo‘limining bosh eksperti Mederbek Omurbekovga ham hayfsan berilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

“Pravasiz” avtomobil boshqargan o‘quvchi YTH oqibatida vafot etdi

Maktabga bormay sotuvchilik qilib yurgan o‘quvchi oradan ikki oy o‘tib nazoratga olindi

Fuqarodan jabr ko‘rgan o‘qituvchiga sog‘ligini tiklab olishi uchun yo‘llanma beriladigan bo‘ldi

Nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun pul mukofoti 5 baravar oshiriladi
Mavzuga doir yangiliklar

Qirg‘iziston maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanishi mumkin
Ta’lim vazirligi ushbu taklifni ilgari surmoqda

Qirg'iziston maktablarida pul yig‘imlari uchun javobgarlik belgilanmoqda
Qirg'izistonda davlat va shahar ta’lim muassasalarida pul mablag‘larini noqonuniy undirishga yo‘l qo‘ygan shaxslar Qirg‘iziston Respublikasining huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Izohingizni tahrirlang