Rus tilini bilmaydigan migrantlar farzandiga Rossiya maktablarida o‘qish taqiqlanishi mumkin
Rossiya Davlat dumasiga migrant bolalarni rus tilini bilishini tasdiqlovchi hujjatsiz maktablarga qabul qilishni taqiqlovchi qonun loyihasi kiritildi. Daryo.uz nashrining xabar berishicha, hujjat Rossiya parlamenti quyi palatasi saytida e’lon qilingan.
Qonun loyihasi bilan “Rossiya Federatsiyasida ta’lim to‘g‘risida”gi federal qonunga o‘zgartirishlar kiritiladi. O‘zgartirishlar xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlari maktabga kirishda ta’lim olish uchun yetarli darajada rus tilini bilish bo‘yicha test sinovidan o‘tishlari shart ekanini nazarda tutadi. Testdan o‘ta olmaganlar o‘qishga qo‘yilmaydi.
Hujjatda qayd etilishicha, sinov tartibi va uning mezonlari Rossiya Ta’lim vazirligi va Rosobrnadzor tomonidan belgilanishi kerak. Shu bilan birga, qonun loyihasida test sinovlari bepul amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Loyiha mualliflari ushbu qonun “ta’lim sifati bo‘yicha davlat kafolatlarini amalga oshirish”, shuningdek, “ta’lim jarayonidagi barcha ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini uyg‘unlashtirish” uchun zarur ekanligini tushuntirdi.
“Deputatlar qonun loyihasini 10-dekabr kuni birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda”, dedi hujjat mualliflaridan biri — Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin.
Tuzatishlar qabul qilinsa, qonun 2025-yil 1-apreldan kuchga kirishi kutilmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi o‘quvchilarning zararli odatlari haqida xabar bergan pedagoglar mukofotlanishi mumkin
Attestatsiyada ingliz tilidan tushgan testlar to‘liq tahlil qilindi
Endi CHQBT rahbarlariga ham 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Endi yuqori sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich sinfdan dars ololmaydi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Rossiya darsliklardagi tarixni “yaxshilash” niyatida – O‘zbekiston bunga rozi bo‘lganmi?
Rossiya Maorif vazirligi MDH davlatlaridagi ayrim ta'lim vazirliklari bilan bilan birgalikda tarixiy o‘tmishga yagona yondashuvni ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda.
Rossiya
Rossiyada maktab o‘quvchilarining mobil telefondan foydalanishi taqiqlandi
Rossiya Federatsiyasining ta’lim to‘g‘risidagi qonuniga o‘zgartirishlar kiritilib, o‘quvchilarnung dars vaqtida mobil telefondan foydalana olmasligi belgilandi.
Yangiliklar
Rossiyada o‘qituvchilarning mukofot pullari harbiy xarajatlarga yo‘naltirilmoqda
Bu summa 10 dan 40 ming rublgacha bo‘lishi mumkin
Yangiliklar
Rossiyadagi bog‘cha va maktablarda yangi virus tarqalmoqda
Bolalarning og‘zida dastlab yaralar paydo bo‘lgan
O'zbek
Izohingizni tahrirlang