“Tarix” o‘qituvchisi “Huquq”dan dars berishi mumkinmi?
Savol
Men shu yil universitetni bitirdim. Diplomimda tarixchi, pedagog deb yozilgan. Tarix bilan birgalikda huquq fanidan ham dars berishim mumkinmi?
Javob
Ma’lumki, amaliyotda “Tarix” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga ular tahsil olgan oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalarida “Huquq” fani mavjud ekanligini inobatga olinib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars soatlari berib kelinardi.
Lekin hozirgi kunda “Tarix” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars soatlari ajratilmaydi.
Sababi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 1-avgustdagi 238-sonli buyrug‘iga 12-ilovaga ko‘ra, fan o‘qituvchisi uchun — fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganligi yoxud fan yo‘nalishiga (xususiyatiga) to‘g‘ri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va pedagogik faoliyat yuritish huquqi bilan qayta tayyorlov kursini tugatganligi talab etiladi.
Ya’ni, ularda “Tarix” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarida “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars huquqi mavjud emas.
Misol sifatida, 5120300 — Tarix (jahon mamlakatlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishini olib, tahlil qilib ko‘ramiz.
Ushbu ta’lim dasturining tavsifiga ko‘ra, Tarix (jahon mamlakatlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:
- umumiy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi va Dunyo dinlari tarixi, Milliy istiqlol g‘oyasi, Ma’naviyat asoslari fanlaridan o‘rnatilgan tartibda dars berish;
- moddiy va ma’naviy yodgorliklarni o‘rganish va qo‘riqlash masalalari bilan bog‘liq tadqiqot ishlarida ishtirok etish;
- huquq-tartibot organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida ishlash;
- muzeylarda, axborot-resurs markazlarida, turli tadbirkorlik subyektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida va shu kabilarda faoliyat yuritish.
Ko‘rib turibmizki, Tarix (jahon mamlakatlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ta’lim dasturining tavsifida “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars berish ko‘rsatilmagan.
Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-son qarorida 2030-yil 1-yanvardan boshlab maktab ta’limi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan faqat oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoki pedagogik qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan oliy ma’lumotli shaxslar dars berish huquqiga ega bo‘lishi belgilangan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgustdagi 532-son qarori bilan umumta’lim muassasalarida huquq fanidan dars beradigan oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog xodimlar bepul asosda 2026-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlashdan o‘tkazilishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan pedagog xodimlarga uslubiy ko‘maklashib boradi hamda o‘quv-metodik materiallar (videodarslar, taqdimot va ko‘rgazmali qurollar hamda boshqa o‘quv materiallari)ni yaratadi.
Izohlar 4
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari milliy sertifikat imtihonida nega 90 ta test topshiradi?
Buxoroda maktab bitiruvchilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qilish rejalashtirilmoqda
Maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egasi” olib kelinadi
Prezident qarori bilan tashkil etilgan Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutiga rahbar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berilmayaptimi?
Yangi o‘quv yili oldidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash jarayonida pedagoglar orasida savollar ko‘paymoqda. Xalqtaliminfo.uz’ga kelib tushayotgan murojaatlarda aytilishicha, bu yil ayrim maktablarda o‘qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berilmayapti. 20 soatdan ortib qolgan dars soatlari esa o‘qituvchilarga berilmay, vakant sifatida ko‘rsatilmoqda.
So'ragan edingiz
Maktabdagi dars soatlari qonuniy va adolatli taqsimlanganmi?
Biz, 1-toifali ikki nafar yosh o‘qituvchi, ko‘proq dars soati olishni so‘rashimiz mumkinmi? Shuningdek, ikkovimizda ona tili fanidan milliy sertifikat ham mavjud. Direktorimiz esa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ona tili fanidan olgan milliy sertifikati dars soatlarini taqsimlashda hech qanday ta’sir qilmasligini va uni inobatga olmasligini aytmoqda.
So'ragan edingiz
O‘qituvchi bir nechta ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, ko‘proq dars oladimi?
Dars taqsimotida milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat birinchi va ikkinchi malaka toifasiga nisbatan yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi belgilangan ko‘rsatkichlarning bir nechtasiga ega bo‘lganda, ko‘rsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanadi.
So'ragan edingiz
Pensiyaoldi yoshidagi, o‘rta-maxsus ma’lumotli pedagogni ishdan bo‘shatish to‘g‘rimi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirning 2025-yil 23-oktabrdagi 398-sonli buyrug‘i bilan sinf rahbarlariga qo‘yilgan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lish talabi butunlay bekor qilingan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang