Top.Mail.Ru
Vazir Hilola Umarova 2025-yil rejalarini Prezidentga taqdimot qilib berdi

Vazir Hilola Umarova 2025-yil rejalarini Prezidentga taqdimot qilib berdi

18:21 / 24.12.2024 14.95k

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar bo‘yicha axborot berildi. Bu Hilola Umarovaning vazir lavozimiga tayinlangandan buyon Prezident huzurida qilgan 6-taqdimoti hisoblanadi.

Vazir Hilola Umarovaning taqdimotida bolalar bog‘chalari soni 8 barobar oshib, 38 mingtaga, qamrov esa 27 foizdan 76 foizga yetgani, oxirgi yetti yilda 5 mingdan ziyod maktabda, bu yil 608 ta maktabda qurilish va ta’mirlash ishlari bajarilgani, yoshlarga ikkinchi xorijiy til va kasb o‘rgatish kengaytirilgani hamda ilk bor 530 ta maktabda inklyuziv ta’lim yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.