Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2024-yilda qanday ishlar amalga oshirildi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar haqidagi sarhisoblarni e’lon qildi. Sarhisobda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan statistik ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.
2024-yilgi sarhisob natijalari quyidagicha
- Kasb-hunarga o‘qitish amaliyoti joriy etilgan maktablar soni 289 taga, yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablar soni 1 500 taga, ikkinchi xorijiy til o‘qitiladigan maktablar soni 354 taga yetkazildi;
- 500 nafar xorijiy davlatlardan chet tili fani o‘qituvchilari jalb etildi;
- B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega chet tili fani o‘qituvchilari 29 001 nafarga (59,1 foiz)ga yetdi;
- 339 094 nafar (63,02 foiz) o‘qituvchi yangi tartib asosida malaka (test) sinovidan o‘tkazildi;
- 12 738 nafar birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-o‘qituvchi kasbiy sertifikatsiyadan o‘tkazildi;
- Xalqaro olimpiadalarda 128 ta (15 ta oltin, 36 ta kumush va 77 ta bronza) medal qo‘lga kiritildi. G‘olib o‘quvchilar 1,4 mlrd so‘m, ularning ustozlari esa 1,9 mlrd so‘m miqdorida rag‘batlantirildi;
- Buxoro shahrida ilk bor Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi tashkil etildi (19 ta davlatdan 120 nafar ishtirokchi);
- 420 571 nafar rahbar va pedagog kadr malakasi oshirildi. 142 nafar pedagog xorijiy davlatlarda malaka oshirdi;
- 1 054 nafar maktab direktori va 1 613 nafar direktorlikka nomzod “Menejerlik o‘quv kursi”da o‘qitildi va ularning 1 766 nafariga sertifikat berildi;
- “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 104 ming nafar o‘quvchi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi;
- 78 nafar pedagog davlat mukofotlari, 1 053 nafari “Xalq ta’limi fidoyisi”, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi;
- 401 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlandi va 105 mingdan ortiq yangi o‘quvchi o‘rni yaratildi;
- 10 160 ta maktab 61,8 mlrd so‘mlik sport jihozlari va 46,0 mlrd so‘mlik milliy musiqa cholg‘u asboblari bilan ta’minlandi;
- 115 ta nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti tashkil etildi (umumiy 573 ta) va 39 723 ta yangi o‘quv o‘rni yaratildi;
- Inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablar soni 947 taga (1 901 nafar o‘quv o‘rni) yetkazildi;
- Buxoro, Namangan va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrida “Mehrli maktab” filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yildi;
- A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti va 13 ta Pedagogik mahorat markazi transformatsiya qilindi;
- Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti qayta tashkil etildi;
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Samarqand viloyatidagi jami 504 o‘rinli filiallari tashkil etildi;
- Prezident maktablari SAT xalqaro sertifikati imtihonlarini o‘tkazadigan rasmiy markaz sifatida tan olindi;
- Prezident maktablari bitiruvchilarining 81 foizi xalqaro matematika va ingliz tilini bilish darajasini baholovchi (SAT) sertifikatlari, ijod maktablari bitiruvchilarining 90 foizi, ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilarining 56 foizi xalqaro va milliy darajadagi sertifikatlarni qo‘lga kiritdi;
- Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablari tashkil etildi;
- Yangi turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ortidan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 2017-yilga nisbatan qariyb 8 barobarga ko‘paydi hamda 5 200 tadan 37 mingtaga yetkazildi;
- 2024-yilda 4 644 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti (170 310 o‘rin) tashkil etildi;
- Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrov darajasi 76,0 foizga, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov qamrovi 96 foizga yetkazildi;
- 6 841 ta davlat bog‘chasi 49 nomli o‘quv-metodik va didaktik materiallar, 170 ta davlat bog‘chasi 170 ta interaktiv doska va 5 100 ta planshet bilan ta’minlandi;
2024-yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid imzolangan normativ-huquqiy hujjatlar
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida sifatli ta’limni joriy etishga doir 23 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan.
Xususan, tizimga oid 2 ta qonun, Prezidentimizning 4 ta farmoni va 8 ta qarori, 9 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari shular jumlasidandir.
2024-yilda xalqaro yo‘nalishda olib borilgan ishlar
Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishga qaratilgan 20 dan ortiq muhim xalqaro hujjatlar imzolandi. Buning natijasida:
- Xalqaro tashkilotlarning malaka oshirish markazlari hamda oliygohlarida o‘zbekistonlik o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi;
- Xalqaro tanlovlarda mamlakatimiz o‘quvchi va o‘qituvchilari faol ishtirok etdi;
- Janubiy Koreya, AQSH, Ozarbayjon, Hindiston, Italiya, Fransiya va boshqa davlatlar tomonidan texnik ko‘mak yuklari, kompyuter o‘quv qurilmalari, oziq-ovqat mahsulotlari, sport anjomlari, inklyuziv ta’lim uskunalari va kitoblar grant tariqasida qabul qilib olindi;
- Innovatsion ta’lim usullarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi;
- 1200 nafardan ortiq tizim xodimlari va o‘qituvchilar (550 nafardan ortiq malaka oshirish dasturlari bo‘yicha) Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Gruziya, Germaniya, Koreya, Moldova, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya, Singapur, Turkiya, Fransiya, Ummon davlatlariga xorijiy xizmat safarlari amalga oshirildi;
- 50 dan ortiq xalqaro darajadagi nufuzli forum, simpozium, anjuman, davra suhbati, ma’ruza hamda seminarlar o‘tkazildi. Unda 500 nafardan ortiq xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirok etdi.
- Xorijiy hamkor tashkilotlar bilan 20 ta ikki va ko‘p tomonlama xalqaro hujjatlar imzolandi;
- YUNESKO, YUNISEF, Jahon banki, Islom Taraqqiyot banki, Koreya EkZim Banki, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki, KOYKA, Djayka, TURKSOY, AySESKO, OPEK jamg‘armasi, OBSE, YUSAID, Amerika Kengashi, Britaniya Kengashi, Koreya ta’lim markazi, Striling jamg‘armasi, AQSH Mehribonlik korpusi va boshqa xorijiy hamkor tashkilotlar vakillari bilan 200 tadan ortiq yuqori darajadagi uchrashuvlar o‘tkazildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
Rahbar xodimlarning oylik maoshi yana ikki barobarga oshiriladi
Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
Vazir Hilola Umarova 2025-yil rejalarini Prezidentga taqdimot qilib berdi
2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Vazirlik ichki maxfiy buyruqlar imzolashni kamaytirishi kerak
Eng kerakli hujjatlardan biri maxfiy tarzda imzolangan
Yangi baholash tizimidan norozi bo‘lgan jamoatchilik faollari vazir Hilola Umarovaga murojaat yo‘lladi
Ular vazirlik tomonidan yo‘llangan javob ham e’lon qilishga va’da berdi
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida korrupsiyaviy jinoyatlar soni ortgani aytildi
Antikorrupsiya agentligi korrupsiyaga oid jinoyatchilik tahlilini e’lon qildi
Vazirlikdagi ayrim rahbar xodimlarining tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
Bu "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi qonunni to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzish hisoblanadi
Izohingizni tahrirlang