70 fozilik ustama o‘qituvchining oylik maoshidan kelib chiqib beriladimi?
Savol
Yangi joriy qilinayotgan 70 foizlik ustamani o‘qituvchilarning oylik maoshiga nisbatan emas, balki toifalar o‘rtasidagi farq uchun to‘lab beriladigan pul xolos deb aytishyapti.
Ya’ni, toifa oshganda, o‘qituvchi 70 foizlik ustamaga ham erishsa, uning oyligiga atigi 500 ming so‘m qo‘shiladi xolos, deyishyapti. Bu qanchalik to‘g‘ri?
Javob
Hozirgi kunda xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatiga ega bo‘lgan pedagoglarga 70 foizlik ustama berish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmonida nazarda tutilgan.
Mazkur Farmonning 3-v-bandida pedagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish, bunda xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishi nazarda tutilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, pedagog xodimlarining lavozim maoshlari lavozimi va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari asosida shakllantiriladi.
Bazaviy tarif stavka Yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif stavkasini hamda qonunchilikda belgilangan tarif stavkasiga doimiy ustamalarni, shuningdek pedagog va rahbar xodimlarning ayrim toifalari ish haqiga qo‘shilgan kompensatsiya to‘lovlarini o‘z ichiga oladi.
“Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra:
- bazaviy tarif stavkasi ― bir stavka dars soati uchun o‘qituvchining ma’lumoti va malaka toifasiga ko‘ra belgilangan bazaviy haq miqdori;
- o‘qituvchining tarif stavkasi ― o‘qituvchiga biriktirilgan dars soatlari asosida bir stavka uchun belgilangan bazaviy tarif stavkadan kelib chiqib aniqlanadigan miqdor.
Bunda o‘qituvchi bir stavkadan ortiq dars bergan taqdirda, uning bazaviy tarif stavkasi miqdori ham shunga mutanosib ravishda oshib boradi.
Ya’ni, xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatiga ega bo‘lgan pedagoglarga 70 foizlik ustama berish tartibi kuchga kiradigan bo‘lsa, mazkur ustama ularning tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan to‘lab berilishi kerak bo‘ladi.
Bunda o‘qituvchi xalqaro standartlarga mos keladigan maxsus malaka sertifikatini olsa, u o‘zining oylik ish haqiga qo‘shimcha ravishda 70 foiz ustama olishi lozim.
Misol uchun, oliy toifali o‘qituvchining oylik ish haqi 4 mln so‘m bo‘lsa, va shu o‘qituvchi xalqaro sertifikatni ham olsa, uning maoshiga qo‘shimcha 70 foiz, ya’ni 2 mln 800 ming so‘m qo‘shilishi kerak.
Shunda, oliy toifali, xalqaro standartlarga mos keladigan maxsus malaka sertifikatiga ega o‘qituvchining umumiy oylik maoshi 4 mln + 2 mln 800 ming = 6 mln 800 ming so‘mni tashkil qiladi.
Agar yangi tartib kuchga kirib, 70 foizlik ustamalar o‘qituvchilar tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan emas, balki budjet mablag‘larini tejash maqsadida, shunchaki malaka toifalari o‘rtasidagi summalar inobatga olinadigan bo‘lsa, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmonidagi talab ochiqdan-ochiq buzilgan hisoblanadi.
O‘ylaymizki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ko‘plab o‘qituvchilarning ishonchini oqlash maqsadida mazkur Farmonda belgilangan talablarni so‘zsiz bajaradi va 70 foizlik ustamalar amaldagi tarif stavkalarga asoslangan holda hisoblanishini ta’minlaydi hamda o‘qituvchilar mehnatini to‘laqonli rag‘batlantiruvchi mexanizmni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
O‘qituvchilarga 100 va 30 foizlik ustamalar beriladigan tizim yo‘lga qo‘yiladi
Endilikda boshlang‘ich sinflar uchun alohida fan olimpiadasi joriy qilinadi
Prezident o‘qituvchilarga yangi imtiyozlar berilishini ma’lum qildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
O‘qituvchilarga 100 va 30 foizlik ustamalar beriladigan tizim yo‘lga qo‘yiladi
Yangi o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “sifat indeksi” tizimi joriy qilinadi. Bunda Maktablar pedagogik jamoaning salohiyati hamda o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyadagi natijalariga qarab toifalarga ajratiladi.
Yangiliklar
2026-2027-o‘quv yilida 40 foizgacha ustama oladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi
2026-yil 23-sentabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirrining 359-sonli buyrug‘i bilan rahbar va pedagog kadrlarga ustama toʻlanadigan 601 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari ro‘yxati tasdiqlandi.
So'ragan edingiz
O‘qituvchi ta’tilda bo‘lgan davri uchun ham sertifikat uchun ustama to‘lab beriladimi?
Mehnat kodeksining 233-moddasiga muvofiq har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi.
“Qizil” maktabda ishlayotgan o‘qituvchining shartnoma muddati tugasa nima bo‘ladi?
Shartnoma belgilangan talablarga mos tushmasa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb topiladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang