“Ta’lim tizimida diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi” – diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi ishlab chiqildi
![](https://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1739019572photo_2025-02-08_17-156.jpg)
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tashabbusi bilan “fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” ishlab chiqildi.
41 banddan iborat, qonun shaklidagi loyihada – diniy sohadagi davlat siyosatining 10 ta asosiy vazifasi, 6 ta prinsip va 3 ta ustuvor yo‘nalishlari belgilangan. Konsepsiyaning 6-bob, 2-paragrafi ta’lim yo‘nalishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ta’lim yo‘nalishdagi dunyoviylik masalalari o‘rin olgan.
Ta’lim yo‘nalishidagi dunyoviylik bu – ta’lim jarayonida, uni tashkil qilishda va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda ta’lim oluvchilarda diniy aqida va qarashlardan xoli tarzda ilmiy bilim, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, qarashlar xilma-xilligini hurmat qilish, umumjamiyat manfaatlariga hissa qo‘shish g‘oyalariga tayanishdir.
Konsepsiyaga ko‘ra, ta’lim yo‘nalishida dunyoviylikni ta’minlashning asosiy mexanizmlari quyidagilardan iboratligi belgilanmoqda:
- ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatini ta’minlashga doir izchil va tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- fuqarolarning qonunda belgilangan tartibda dunyoviy va diniy ta’lim olish huquqini ta’minlash;
- qonunlarga asosan belgilangan majburiy ta’lim olishni biror-bir asosga ko‘ra cheklashga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rib borish;
- mamlakat aholisida, ayniqsa, yoshlarda ilmiy, aqliy salohiyatni yuksaltirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini, milliy qadriyatlar va ijtimoiy axloq normalariga bo‘lgan hurmat ruhini kuchaytirish;
- ta’lim tizimida diniy betaraflikni saqlash va diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘ymaydigan muhitni ta’minlab borish;
- ta’lim tizimida o‘quv dasturlarining inklyuzivligini ta’minlab borish;
- ta’lim oluvchilarda ularga keng imkoniyatlarni taqdim etadigan aniq va gumanitar fanlar va ijtimoiy fanlarni, san’atni o‘z ichiga olgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish;
- ta’lim oluvchilar uchun tanqidiy-tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradigan, ma’lumotlarni tahlil qilish, ilmiy farazlarni tekshirish, dalillarni baholash ko‘nikmasini shakllantiradigan izlanish va o‘rganish muhitini yaratish;
- gumanizm va adolat, do‘stlik va hamjihatlik, milliy va umuminsoniy g‘oyalarga hurmat kabi qadriyatlar singdirilishini, axloqiy masalalarga maqbul yechim topish ko‘nikmalari shakllantirilishini ta’minlash;
- turli diniy e’tiqodlar va ta’limotlarning tarixi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy tendensiyalari to‘g‘risida xolisona bilim berish;
- turli dinlar, madaniyatlar va dunyoqarashlarga nisbatan hurmat, bag‘rikenglik va tushunish muhitini ta’minlab borish;
- pedagog kadrlarni tayyorlash va tanlashda ularning diniy bag‘rikenglikni saqlagan holda bilim berish, axloq va estetikani singdirish qobiliyatini o‘stirish hamda mustahkamlash.
Ma’lumot uchun: Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi loyihasi bilan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi veb-saytida tanishib, takliflar bildirish mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!![](https://xalqtaliminfo.uz/storage/advertisings/1726051623“Tanaffus”_podcast577.png)
Yangiliklar
![O‘quvchilar davomatini soxtalashtirgan maktab direktori ishdan olindi](https://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1738845109photo_2025-02-06_17-948.jpg)
O‘quvchilar davomatini soxtalashtirgan maktab direktori ishdan olindi
![Maktab direktori Toshkent shahar MMTBga boshliq bo‘ldi](https://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1738819342photo_2025-02-06_10-100.jpg)
Maktab direktori Toshkent shahar MMTBga boshliq bo‘ldi
![Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi](https://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1738735346photo_2025-02-05_10-399.jpg)
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi
![Endilikda psixologlar ham malaka toifasi olishi mumkin](https://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1738403509photo_2025-02-01_14-215.jpg)
Endilikda psixologlar ham malaka toifasi olishi mumkin
Mavzuga doir yangiliklar
![](https://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1724756148photo_2024-08-27_15-141.jpg)
Bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxs qamoqqa olindi
Holat Surxondaryo viloyati Boysun tumanida aniqlangan
![](https://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1724168528photo_2024-08-20_20-926.jpg)
Farzandini hujraga bergan ota-onalarga javobgarlik belgilanmoqda
Bolalarni qonunga xilof diniy ta’lim olishga aynan ota-onalarning o‘zi olib borishi holatlari ko‘payib bormoqda
Izohingizni tahrirlang